Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Qrimda kuchli hujumlar oqibatida favqulodda holat e’lon qilindi

Dunyo
19
Qrimda kuchli hujumlar oqibatida favqulodda holat e’lon qilindi
Ukrainaning so‘ngki kuchli hujumlaridan keyin anneksiya qilingan Qrimda 26 iyun kuni soat 13:00 dan boshlab favqulodda holat rejimi joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, bir necha kun davom etgan hujumlar oqibatida yarimorolning qator hududlarida elektr ta’minoti izdan chiqqan.

Bu esa mahalliy aholini yonilg‘i tanqisligi va jamoat transporti harakatidagi cheklovlar kabi qator muammolarga duchor qilgan. Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev Telegram orqali yo‘llagan video murojaatida butun shahar hududida favqulodda holat rejimi joriy etilganini ma’lum qildi.

U rejim vaziyat barqarorlashguncha amal qiladi, degan. Qrim rahbari Sergey Aksyonov ham o‘z murojaatida butun mintaqada favqulodda holat e’lon qilinganini tasdiqladi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur qaror mulkka yetkazilgan zararni qoplash jarayonini soddalashtirish va iqtisodiy masalalarni tezroq hal etish imkonini beradi. Razvojayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tartib tadbirkorlarga katta holatlarini rasman qo‘llash huquqini beradi.

Shuningdek, elektr uzilishlari tufayli ishdan chiqqan maishiy texnika uchun aholi kompensatsiya talab qilish imkoniga ega bo‘ladi. Zarur hollarda esa rasmiylar fuqarolarning harakatlanishini cheklash vakolatiga ham ega bo‘ladi.

Ukraina tomonidan energiya infratuzilmasiga qilingan hujumlar oqibatida Qrimda bir haftadan buyon elektr ta’minoti navbat bilan o‘chirilmoqda. Shu sababli aholidan elektr energiyasini tejash so‘ralgan.

Ayni paytda mutaxassislar elektr tarmoqlarini qayta tiklash ishlarini olib bormoqda. Razvojayevning ma’lum qilishicha, elektrdagi uzilishlari tufayli Sevastopolning ayrim hududlarida suv bosimi ham pasaygan.

Elektr ta’minoti barqarorlashgach, suv tizimi ham to‘liq tiklanishi kutilmoqda. Shuningdek, 26 iyun kuni ertalab Sevastopol qo‘ltig‘ida dengiz yo‘lovchi transporti harakati ham vaqtincha to‘xtatilgan.

Bundan tashqari, Qrimni Rossiya bilan bog‘laydigan Kerch ko‘prigida ham jiddiy tirbandlik yuzaga kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki mingdan ortiq avtomobil navbatda turibdi va haydovchilar taxminan besh soat kutishga majbur bo‘lmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Ukraina so‘ngki haftalarda dronlar orqali hududga hujumlarni kuchaytirgan. Zarbalar asosan Qrimni shimol tomondan ta’minlaydigan harbiy yuk mashinalari va yonilg‘i sisternalariga qaratilgan bo‘lib, bu holat yarimorolda benzin tanqisligini yanada kuchaytirgan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026