Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

NASAning Perseverance marsoxodi Marsda organik moddalarni aniqladi

Dunyo
29
NASAning Perseverance marsoxodi Marsda organik moddalarni aniqladi
NASAning Perseverance marsoxodi Marsda ilm-fan uchun juda muhim bo‘lgan navbatdagi kashfiyotga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Olimlar taxminan 3,7 milliard yil avval mavjud bo‘lgan qadimgi ko‘l hududi — Yezero krateridagi jinslarda makromolekular uglerodni aniqladi. Bu Mars yuzasida qayd etilgan eng muhim organik modda topilmalaridan biri hisoblanadi.

Tadqiqot natijalari Science Advances ilmiy jurnalida e’lon qilindi. Ma’lum qilinishicha, tadqiqotchilar Neretva vodiyi daryo kanali hududida joylashgan Bright Angel ochiq jinslarini o‘rganish uchun marsoxoddagi SHERLOC ilmiy asbobidan foydalangan.

Tekshirilgan jinslar orasida qoplon terisini eslatuvchi dog‘li naqshlari bilan mashhur bo‘lgan Shavada Fols mergel toshi ham bor. Ilgariroq aynan ushbu dog‘lar uning biologik kelib chiqishi mumkinligi haqida qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan edi.

NASA Reaktiv harakatlanish laboratoriyasi astrobiologi Kayl Uskertning ta’kidlashicha, ishlov berilmagan tog‘ jinsi yuzasida makromolekular uglerodning aniqlanishi Mars yuzasidagi eng yuqori qatlamdan topilgan organik moddalardan biri hisoblanadi. Bu esa organik birikmalar nisbatan yaqinda ochilib qolganini yoki ular fotohimoya xususiyatiga ega minerallar ta’sirida yaxshi saqlanganini anglatishi mumkin.

Mutaxassislar qayd etishicha, uglerodning spektral xususiyatlari ham abiotik manbalar — meteoritlar yoki gidrotermal jinslarga, ham biotik manbalar — mikrob matlari va toshko‘mir kabi organik hosilalarga mos keladi. Shu bois, hozircha ushbu moddalarning aniq kelib chiqishi haqida qat’iy xulosa chiqarish imkoni yo‘q.

Sayyorashunoslik instituti geologi Eshli Merfining aytishicha, mavjud ma’lumotlar uglerodning manbasini aniq belgilash uchun yetarli emas. Shu sababli uning biologik yo‘l bilan hosil bo‘lgani ehtimoli ham hozircha istisno qilinmayapti.

Olimlar fikricha, ushbu sirga to‘liq oydinlik kiritish uchun Marsdan olinadigan namunalarni Yerga olib kelish va ularni zamonaviy laboratoriyalarda chuqur tahlil qilish talab etiladi. Agar kelajakda ushbu organik birikmalarning biologik kelib chiqishi tasdiqlansa, bu insoniyatning Marsda hayot mavjud bo‘lgan-bo‘lmagani haqidagi tasavvurlarini tubdan o‘zgartirishi mumkin.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026