Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Avstraliyada Yer yuzidagi eng qadimgi meteorit krateri aniqlandi

Dunyo
18
Avstraliyada Yer yuzidagi eng qadimgi meteorit krateri aniqlandi
Geologlar Yer yuzidagi eng qadimgi meteorit kraterining yoshini aniqlab, uni rasman tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Gap G‘arbiy Avstraliyadagi Shimoliy qutb gumbazi hududida joylashgan qadimiy zarba krateri haqida ketmoqda. Mazkur tadqiqot natijalari Geology ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Kyortin universiteti olimi Kristofer Kirklend boshchiligidagi tadqiqotchilar jamoasi hisob-kitoblariga ko‘ra, ulkan meteorit mazkur hududga taxminan 3,02 milliard yil avval kelib urilgan. Agar ushbu natija to‘liq tasdiqlansa, mazkur tuzilma yoshi aniq belgilangan yagona meteorit krateri sifatida tarixga kiradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, hududda aniqlangan asosiy dalillardan biri zarba konuslari hisoblanadi. Bu kabi tuzilmalar faqat juda katta samoviy jismlar ulkan tezlikda Yerga kelib urilganda hosil bo‘ladigan yuqori bosim ta’sirida tog‘ jinslarida shakllanadi.

Ular Pilbara hududida, Yerning 3 milliard yildan ortiq yoshga ega jinslari saqlangan noyob joylardan birida topilgan. Biroq uzoq yillar davomida ushbu zarbaning aniq qachon sodir bo‘lgani olimlar o‘rtasida bahsli masala bo‘lib kelgan.

Chunki formatsiyadagi bazalt jinslarining yoshi bevosita aniqlanmagan, turli ilmiy guruhlar tomonidan berilgan baholar o‘rtasida esa qariyb uch milliard yillik farq mavjud edi. Bu muammoga oydinlik kiritish uchun tadqiqotchilar jinslar tarkibidagi sirkon, apatit, kalsit va muskovit minerallarini chuqur tahlil qildi.

Ayniqsa, sirkon kristallari muhim ma’lumot berdi. Ularda ham 3,4 milliard yildan ortiq yoshga ega qadimgi kristallar, ham meteorit zarbasi vaqtida tez sovish natijasida hosil bo‘lgan yoshroq skeletsimon donalar aniqlangan.

Eng yaxshi saqlangan ushbu sirkonlar taxminan 3024 million yil yoshni ko‘rsatgan. Shu bilan birga, gidrotermal jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan apatit minerali ham qariyb 3019 million yillik yoshni tasdiqlagan.

Ikki mustaqil mineral tahlilining bir xil natija berishi aynan shu davrda meteorit Yerga kelib urilganining eng kuchli ilmiy dalili sifatida baholanmoqda. Olimlar yana bir muhim isbot sifatida kvars tomiridagi slyudani ham o‘rgandi.

Uning yoshi 1655 million yil ekani aniqlangan. Bu esa zarba konuslari undan ancha oldin paydo bo‘lganini ko‘rsatadi va kraterning yoshi 2,7 milliard yildan kam degan ayrim taxminlarni rad etadi.

Tadqiqot mualliflari xulosa qilishicha, Miralga tuzilmasi nomi bilan ham tanilgan Shimoliy qutb gumbazi hozircha arxey eoniga mansub yagona ishonchli tasdiqlangan meteorit krateri bo‘lib qolmoqda. Olimlar fikricha, qadimda Yerga juda ko‘p meteoritlar qulagan bo‘lsa-da, ularning aksariyat izlari millionlab yillar davomida tektonik jarayonlar va eroziya ta’sirida butunlay yo‘qolib ketgan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026