Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Astronomlar koinotdagi eng yengil sayyoralarni kashf etdi

Dunyo
20
Astronomlar koinotdagi eng yengil sayyoralarni kashf etdi
Astronomlar koinotdagi eng g‘ayrioddiy sayyoralardan ikkitasini aniqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular hajmi jihatidan Yupiterga deyarli teng bo‘lsa-da, zichligi shu qadar pastki, hatto paxta ham yengil hisoblanadi. Mutaxassislar ma’lum qilishicha, ushbu sayyoralar Yerdan taxminan 1110 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan yulduz atrofida aylanadi.

Ilmiy kuzatuvlarga ko‘ra, ular shu kungacha aniqlangan o‘z toifasidagi eng yengil sayyoralar sifatida qayd etildi. Kashfiyot NASAning TESS kosmik teleskopi orqali amalga oshirildi.

Avval sayyoralar aniqlangan bo‘lsa, keyinchalik Yerdagi qator teleskoplar yordamida ularning orbitasi va zichligi aniq hisoblab chiqildi. Olimlar bu osmon jismlarini super-pufak sayyoralar deb atashmoqda.

Sababi, ularning asosiy qismi vodorod va geliy gazlaridan tashkil topgan bo‘lib, tashqi tuzilishi nihoyatda yengil va shishgan holatga ega. Hozirgacha Quyosh tizimidan tashqarida 6300 ga yaqin ekzosayyora tasdiqlangan bo‘lsa, ularning atigi 40 tasidan kamrog‘i aynan shu toifaga kiradi.

Taqqoslash uchun, Quyosh tizimidagi eng yirik sayyora Yupiter ushbu yangi topilgan sayyoralardan qariyb 35 barobar zichroqdir. Tadqiqotchilarning fikricha, bunday sayyoralarni o‘rganish koinotda sayyoralar qanday shakllanishi va evolyutsiyasi haqidagi tasavvurlarni yanada boyitishga xizmat qiladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026