Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

«Siti» va «Arsenal» o‘rtasida durang o‘ynaldi

Dunyo
14
«Siti» va «Arsenal» o‘rtasida durang o‘ynaldi
Zamonaviy texnologiyalar yana bir tarixiy kashfiyotga yo‘l ochdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Olimlar sun’iy intellekt yordamida qariyb ikki ming yil avval Vezuviy vulqoni otilishi natijasida kuyib qolgan qadimiy papirus qo‘lyozmasini virtual ravishda ochish va undagi yozuvlarni o‘qishga erishdi. Tadqiqotchilar PHerc 1667 deb belgilangan papirusdan avval noma’lum bo‘lgan matnni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.

Qayta tiklangan yozuvda stoik falsafasi, inson axloqi, san’at va hayot tarziga oid fikrlar o‘rin olgan. Mutaxassislar ushbu asar miloddan avvalgi ikkinchi va uchinchi asrlarga mansub bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Qo‘lyozma qadimgi Herkulaneum shahridagi mashhur villa kutubxonasidan topilgan. Bu shahar ham Pompey kabi milodiy 79 yilda Vezuviy vulqoni otilishi natijasida kul ostida qolgan.

Ilgarigi urinishlarda papirusni ochishning imkoni bo‘lmagan, chunki har qanday mexanik harakat uni butunlay buzib yuborishi mumkin edi. Yangi texnologiya esa vaziyatni o‘zgartirdi.

Sun’iy intellekt rentgen tasvirlari orqali papirus tolalaridagi eng mayda o‘zgarishlarni tahlil qilib, ko‘zga ko‘rinmaydigan siyoh izlarni aniqladi. Shu orqali qo‘lyozmani ochmasdan turib, undagi matn raqamli shaklda tiklandi.

Olimlar fikricha, bu kashfiyot qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganishda yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. Endi asrlar davomida jim yotgan yuzlab papiruslar ham zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta so‘zlay boshlashi ehtimoldan xoli emas.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ushbu qo‘lyozma nafaqat yangi falsafiy ma’lumotlarni ochib berdi, balki qadimgi asarlarni saqlash va o‘qishda sun’iy intellektning imkoniyatlari qadar keng ekanini ham namoyon qildi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026