Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
+8°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Tramp mustaqillik pasportida o‘z suratini jonlantirdi

Dunyo
27
Tramp mustaqillik pasportida o‘z suratini jonlantirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp 26 iyun kuni mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tayyorlangan maxsus esdalik pasporti namunasini jamoatchilikka taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Cheklangan miqdorda ishlab chiqariladigan ushbu pasportning eng diqqatga sazovor jihati unda prezidentning shaxsiy surati joylashtirilganidir. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Tramp Truth Social ijtimoiy tarmogida ushbu pasport tasvirini ekon qilib, unga AQSHning yangi pasporti degan izoh qoldirdi. Taqdim etilgan namunada Donald Tramp Oval kabinetdagi mashhur stoli ortida turgan holda tasvirlangan.

Surat fonida AQSH Mustaqillik deklaratsiyasining asl matni joylashtirilgan bolsa, pastki qismida prezidentning imzosi aks etgan. Pasportning qarama-qarshi sahifasida esa rassom Jon Trambull chizgan mashhur Mustaqillik deklaratsiyasi asari tasvirlangan.

Malum qilinishcha, ushbu portret Vashingtondagi Smitson milliy portret galereyasida saqlanayotgan rasmiy portret asosida tayyorlangan. Bu dizayn Davlat departamenti 2026 yil boshida namoyish etgan avvalgi namunadan farq qiladi.

26 iyun kuni kechqurun Oq uyning rasmiy sahifasida ham mazkur pasport maketi ekon qilindi. Postga Amerikaning 250 yilligiga bagishlangan yangi AQSH pasporti sarlavhasi berildi.

Biroq jurnalistlar bu dizayn yakuniy rasmiy variant ekanini soraganida, Oq uy izoh berishni Davlat departamenti vakolatiga havola qildi. CNN telekanali bu masala yuzasidan rasmiy munosabat olish uchun Davlat departamentiga murojaat qilgan.

Maxsus esdalik pasporti ilk bor aprel oyida AQSH mustaqilligining 250 yillik tantanalari doirasida ekon qilingan edi. Rasmiylar uni tarixiy sanaga bagishlangan, muqovasi va ichki sahifalari maxsus dizayn hamda takomillashtirilgan tasvirlar bilan bezatilgan hujjat sifatida tariflagan.

Malumotlarga kora, pasport tayyor bolgach, Vashingtondagi pasport agentligiga shaxsan kelib hujjatini yangilagan fuqarolarga standart variant sifatida taqdim etiladi. Onlayn murojaat qiluvchilar yoki mamlakatning boshqa hududlarida yashovchilar esa hozirgi amaldagi pasport dizaynidan foydalanishda davom etadi.

Hozirgi AQSH pasportlarining ichki muqovasida rassom Persi Moran chizgan asar joylashgan bolib, unda Frensis Skott Keyning Fort Makenri qamali vaqtidagi tarixi aks etgan. Shu voqea keyinchalik AQSH davlat madhiyasi yaratilishiga ilhom bergani ta kidlanadi.

Shu bilan birga, AQSH Moliya vazirligi may oyida Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik yangi banknota chiqarish tashabbusini ham ilgari surgan edi. Taklif etilgan dizayn namunalarida banknotaning markaziy qismida Trampning surati, shuningdek AQSH prezidenti va moliya vaziri Skott Bessentning imzolari aks etgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026