Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Yaqinda asteroid Yer yaqinidan xavfsiz uchib o‘tadi

Dunyo
16
Yaqinda asteroid Yer yaqinidan xavfsiz uchib o‘tadi
Yevropa kosmik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 27 iyun kuni 1997 NC1 nomli yirik asteroid Yer yaqinidan uchib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu sayyoramiz uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Biroq voqea astronomlar va osmon kuzatuvchilari e’tiboridagi muhim hodisalardan biri hisoblanmoqda.

Habar qilinishicha, asteroid Yerga eng yaqin nuqtadan taxminan 2,6 million kilometr masofada harakatlanadi. Bu Oy bilan Yer orasidagi masofadan deyarli yetti baravar uzoq.

Shunday bo‘lsa-da, astronomik mezonlarga ko‘ra, u Yer yaqinidan o‘tuvchi yirik asteroidlar qatoriga kiradi. 1997 NC1 asteroidi qariyb 30 yil oldin Gavayidagi asteroidlarni kuzatish tizimi tomonidan aniqlangan.

Uning diametri 750 metrdan 1,65 kilometrgacha ekani taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar qayd etishicha, asteroid Yerga yaqinlashishiga qaramay, uning orbitasi sayyoramiz orbitasi bilan kesishmaydi.

Shu bois xavotirga o‘rin yo‘q. Durbin yoki kichik teleskopga ega havaskor osmon kuzatuvchilari uni samo bo‘ylab harakatlanayotgan xira yorug‘ nuqta sifatida kuzatishlari mumkin.

NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, 1997 NC1 asteroidi bundan keyin faqat 2133 yilda Yerga shunchalik yaqin masofadan yana uchib o‘tadi. Shu sababli uning bu galgi parvozi kosmosga qiziquvchilar uchun noyob astronomik hodisa sifatida baholanmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026