Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

AQSH Mustaqillik deklaratsiyasidagi iboralar vikinglar davriga borib taqaladi

Dunyo
32
AQSH Mustaqillik deklaratsiyasidagi iboralar vikinglar davriga borib taqaladi
AQSH Mustaqillik deklaratsiyasidagi mashhur iboralar asrlar davomida shakllangan til va madaniyat tarixini o‘zida mujassam etgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, hujjatdagi ayrim so‘zlarning kelib chiqishi nafaqat Rim yoki Yevropa sivilizatsiyasi, balki vikinglar davriga ham borib taqaladi. 1776 yil 4 iyul kuni qabul qilingan AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi nafaqat yangi davlatning tashkil topishini e’lon qildi, balki insoniyat tarixidagi eng mashhur siyosiy hujjatlardan biriga aylandi.

Ayniqsa, undagi "Barcha insonlar teng yaratilgan", "Hayot", "Erkinlik" va "Baxtga intilish huquqi" kabi iboralar bugungi kungacha huquqshunoslar, tarixchilar va tilshunoslar o‘rtasida bahslarga sabab bo‘lib kelmoqda. Tarixchilarning ta’kidlashicha, deklaratsiya matnini tayyorlagan Tomas Jefferson hujjatni imkoni boricha sodda, tushunarli va barcha mustamlakalar tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan uslubda yozishga harakat qilgan.

Shu bilan birga, u ushbu matn Amerika xalqining ruhi va dunyoqarashini ham aks ettirishini istagan. Mutaxassislar e’tiborini tortgan eng qiziq jihatlardan biri hujjatdagi "baxt" so‘zining tarixi bo‘ldi.

Irlandiyadagi Kork universiteti professori Tom Birketning aytishicha, mazkur so‘z qadimgi skandinav tilidagi "happ" atamasidan kelib chiqqan bo‘lib, u dastlab "omad", "baxtli taqdir" yoki "yaxshi nasiba" ma’nosini anglatgan. Bu atamani Britaniyaga VIII–IX asrlarda kelgan vikinglar olib kirgan.

Ilk davrlarda "happy" so‘zi insonning omadli yoki taqdir tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini anglatgan bo‘lsa, vaqt o‘tishi bilan uning ma’nosi o‘zgarib, quvonch, mamnunlik va farovon hayot tushunchalari bilan bog‘lana boshladi. XVII–XVIII asrlarda Yevropada Ma’rifatparvarlik davri boshlangach, inson taqdiri faqat omadga emas, balki uning o‘z irodasi va harakatiga ham bog‘liq degan g‘oya keng tarqaldi.

Shu tariqa "baxt" tushunchasi yangi mazmun kasb etdi va Tomas Jefferson uni insonning ajralmas huquqlaridan biri sifatida deklaratsiyaga kiritdi. Tadqiqotchilarning fikricha, hujjatda aynan "baxtga erishish" emas, balki "baxtga intilish huquqi" qayd etilgani ham bejiz emas.

Bu inson har doim o‘z hayotini yaxshilashga harakat qilish huquqiga ega ekanini anglatadi. Shuningdek, deklaratsiyadagi "erkinlik" so‘zi ham uzoq tarixga ega.

U lotincha "libertas" atamasidan kelib chiqqan bo‘lib, qadimgi Rimda qullikdan ozod qilingan inson maqomini anglatgan. Keyinchalik bu so‘z fransuz tili orqali ingliz tiliga o‘tib, bugungi ma’nodagi "erkinlik" tushunchasiga aylangan.

Kembrij universiteti professori Filippa Stilning ta’kidlashicha, "erkinlik" g‘oyasi turli sivilizatsiyalarda ming yillar davomida shakllangan bo‘lib, deklaratsiya ana shu tarixiy merosning davomi hisoblanadi. Biroq u hujjat qabul qilingan davrda ham barcha insonlarga birdek tatbiq etilmagan.

Chunki AQSH asoschilarining ayrimlari qullarga egalik qilgan va huquqlarni amalda hamma uchun ta’minlamagan. Tadqiqotchilar yana bir muhim jihatni eslatib o‘tadilar: deklaratsiya qabul qilingan paytda uning mazkur iboralari aqlli, o‘qigan, boy va erkin erkaklar uchun yozilganini tan olish kerak.

Bunga qaramay, bu hujjat kundan kungacha insoniyat erkinlik va adolat g‘oyalari uchun asos bo‘lib kelmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026