Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Suriyada Idlibda O‘zbekistonli jangari otib o‘ldirildi

Dunyo
17
Suriyada Idlibda O‘zbekistonli jangari otib o‘ldirildi
Suriyaning Idlib provinsiyasida O‘zbekistonlik jangari otib o‘ldirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Syriahr nashri xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, voqea Al-Fua tumanida sodir bo‘lgan.

Noma’lum shaxslar O‘zbekistonlik jangarining harakatlanayotgan avtomobilini o‘qqa tutgan. Qurolli hujum oqibatida u voqea joyining o‘zida halok bo‘lgan.

Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Hujumni kim amalga oshirgani hamda uning sabablari hozircha rasman ma’lum qilinmagan.

Manbalarga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs Suriyada faoliyat yurituvchi Hay’at Tahrir ash-Shom tarkibidagi Qizil otryadlar safida bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabr oyi oxirida qurolli isyonchilar, asosan Hay’at Tahrir ash-Shom jangarilari Suriya shimolida keng ko‘lamli harbiy yurishni boshlagan edi.

Ular qisqa vaqt ichida Idlib viloyati, Halab shahri, Hama va Homs viloyatlarining bir qator hududlarini o‘z nazoratiga olgan. Keyinchalik ular poytaxt Damashqqa ham kirib borgan.

Bu voqealar ortidan Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga ketgani ma’lum qilingan. 2025 yilda esa Hay’at Tahrir ash-Shom guruhi yetakchisi Ahmad ash-Shara’a mamlakatning o‘tish davri prezidenti sifatida e’lon qilingan.

Shu yil davomida Suriya xavfsizlik kuchlari Idlib shahri va uning atrofida xorijlik jangarilarga, jumladan, O‘zbekistonliklarga qarshi bir nechta maxsus reydlar o‘tkazgan. Xususan, 2025 yil iyun oyida Abu Dujon al-O‘zbekiy taxallusi bilan tanilgan harbiy instruktor Ayyub xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olingan.

U hibsga olingach, noma’lum joyga olib ketilgani xabar qilingan. Shuningdek, avgust oyi oxirida Al-Qusur tumanida o‘tkazilgan yana bir maxsus operatsiya natijasida Islom al-O‘zbekiy laqabi bilan tanilgan yana bir O‘zbekistonlik jangari ushlangan.

Manbalarga ko‘ra, operatsiya uning joylashuvi haqida aniq ma’lumot olingach amalga oshirilgan. Bundan tashqari, Suriya xavfsizlik kuchlari 3 sentyabr kuni Idlib viloyatining g‘arbida joylashgan Haram tumanida Islom Davlati hujayrasini yo‘q qilish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgan.

Operatsiya davomida qo‘lga olinganlar orasida Iroq va O‘zbekistondan kelgan jangarilar ham bo‘lgani ma’lum qilingan. So‘nggi hodisa Suriya shimolida qurolli guruhlar va xorijlik jangarilar ishtirokidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat hali ham murakkabligicha qolayotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonlik jangarining o‘ldirilishi bo‘yicha surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026