Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Malayziyada o‘lim jazosiga hukm qilingan ikki o‘zbekistonlik ayol haqida ma’lum bo‘ldi

Dunyo
55
Malayziyada o‘lim jazosiga hukm qilingan ikki o‘zbekistonlik ayol haqida ma’lum bo‘ldi
Bir necha yil avval Malayziyada ikki nafar O‘zbekistonlik ayol hamda ularning yana bir tanishi giyohvand moddalar olib o‘tishda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining iste’fodagi xodimi O‘ktam Suvonov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea bir qarashda oddiy sayohat taklifidan boshlangan.

Xususan, 56 va 54 yoshli ikki nafar ayol hamda ularning yana bir tanishi Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida yirik miqdordagi giyohvand moddalar bilan qo‘lga olingan. Keyinchalik Malayziya sudi ularni mamlakat qonunchiligiga muvofiq o‘lim jazosiga hukm qilgan.

Ma’lum qilinishicha, voqealar zanjiri ayollardan birining qizi chet ellik fuqaroga turmushga chiqqanidan keyin boshlangan. Qizi onasiga Malayziyaga tekin sayohat qilishni taklif etgan.

Ayol esa o‘zi bilan birga 25 yil davomida nogiron qizini parvarishlab kelgan qo‘shnisini hamda yana bir tanishini ham safarga taklif qilgan. O‘ktam Suvonov ta’kidlashicha, parvozga bir necha daqiqa qolganda ularga notanish bir shaxs bo‘sh chemodanlarni berib, ularni manzilga yetkazib qo‘yishni so‘ragan.

Ayollar hech qanday shubha uyg‘otmay, ushbu chemodanlarni qabul qilgan. Biroq Kuala-Lumpurga yetib borganlaridan keyin ularni kutib olish uchun hech kim kelmagan.

Bu holat aeroport xavfsizlik xizmati xodimlarida shubha uyg‘otgan va yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv jarayonida har bir chemodan ichida to‘rt kilogrammdan metamfetamin nomli sintetik giyohvand moddasi yashirilgani aniqlangan.

Suvonovning aytishicha, ayollar o‘zlari bilmagan holda narkotik tashuvchi sifatida foydalanilgan va shu tariqa eng og‘ir jinoyatlardan biri bo‘yicha ayblanuvchiga aylanib qolgan. Iste’fodagi xavfsizlik xodimining so‘zlariga ko‘ra, u mazkur ish yuzasidan shaxsan Malayziyaga borib, qamoqxonada saqlanayotgan ayollar bilan uchrashgan.

Uchrashuv davomida ulardan biri aytgan so‘zlar uning xotirasida umrbod muhrlanib qolgan. Ayol shunday degan: siz, ehtimol, hayotimda ko‘rib turgan eng so‘nggi vatandoshimsiz.

O‘ktam Suvonov ushbu hikoyani misol qilib keltirar ekan, chet elga safar qilishda yoki boshqalarning yuki va chemodanini tashishga rozi bo‘lishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish lozimligini ta’kidladi. U har qanday joyda bo‘lsin, begona odamlarning narsalarini olishdan o‘zini tiyish kerakligini va bunday takliflarga hech qachon rozi bo‘lmaslik lozimligini bildirdi.

Shuningdek, u Malayziya sudi tomonidan chiqarilgan o‘lim hukmi keyinchalik ijro etilgan yoki etilmagani haqida aniq ma’lumot bermadi. Voqeadan so‘ng O‘zbekistonning Malayziyadakd elchixonasi tomonidan ham tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgani e’tiboratga sazavordir.

Hukumatimiz tomonidan chet elda qiyin vaziyatga tushgan fuqarolar uchun doimiy ravishda yordam ko‘rsatilib boriladi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026