Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
+10°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Taker Karlson islom haqidagi qarashlarini ochiq tan oldi

Dunyo
14
Taker Karlson islom haqidagi qarashlarini ochiq tan oldi
Amerikalik jurnalist Taker Karlson islom va musulmonlar haqidagi ko‘p yillik qarashlari xato ekanini ochiq tan oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U Sky News telekanaliga bergan intervyusida uzoq yillar davomida aytgan fikrlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaganini aytdi. Newsweek nashri bu haqda xabar berdi.

Karlsonning aytishicha, u televideniye orqali islomni xavf sifatida ko‘rsatuvchi fikrlarni bildirgan va o‘sha paytda bu gaplarga chin dildan ishongan. U shunday dedi: "Men televideniye orqali ko‘p marta shunday gapirganman: muammo islomda, muammo musulmonlarda.

Ularning hammasi bizni o‘ldirmoqchi. Ular aqldan ozgan.

Ular VII asrda Muhammad tomonidan yaratilgan jonkuyarlikka asoslangan aqidaga ergashadi. Va bunga o‘zim ham ishonganman." Karlsonning ta’kidlashicha, bugungi kunda u o‘sha qarashlarini mutlaqo noto‘g‘ri deb hisoblaydi.

"O‘shanda men vahimaga tushgan ekanman. Chunki haqiqatan ham bunga ishongan edim.

Endi esa bilamanki, bu fikrlarning hech biri to‘g‘ri emas. Ammo o‘sha paytda ishonganman", deya qo‘shimcha qildi jurnalist.

Karlson suhbat davomida Isroilga bo‘lgan munosabati ham keskin o‘zgarganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha o‘n yil avval ko‘rgan Isroil bilan hozirgi mamlakat o‘rtasida katta farq bor.

"Isroil butunlay o‘zgarib ketdi. Men Isroilga achinyapman.

Ammo o‘nlab yillar avval birinchi bor borganimdagi Isroil bilan bugungi Isroil o‘rtasida hech qanday o‘xshashlik qolmagan", dedi u. Jurnalistning Isroil siyosatiga nisbatan tanqidiy munosabati so‘nggi yillarda kuchayib bormoqda.

Bu esa unga nisbatan antisemitizm haqidagi ayblovlarni ham ko‘paytirgan. Biroq Karlson bu da’volarni qat’iy rad etib kelmoqda.

Anti-Defamation League uni antisemitik qarashlar va fitna nazariyalarini ommaviy axborot maydoniga olib chiqqan eng ta’sirli shaxslardan biri sifatida baholagan. 2025 yil oktyabrida Karlson efirga millatchilik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi Nik Fuentesni taklif qilgan edi.

Suhbat davomida Fuentes dunyodagi ko‘plab muammolar uchun yahudiylarni ayblagan. 2026 yil aprelida esa Karlson BBC boshlovchisi Viktoriya Derbishir bilan ham aynan shu mavzuda bahslashgan.

Jurnalistning ta’kidlashicha, uning Isroil hukumati siyosatiga bildirgan tanqidlari millat yoki din bilan bog‘liq emas. "Albatta, men antisemit emasman.

Shuning uchun ham meni shunday atashyapti. Mening Isroilga munosabatim isroilliklarning millati yoki dini bilan bog‘liq emas.

Bu faqat mening mamlakatim manfaatlariga zarar yetkazadigan Isroil hukumati qarorlariga nisbatan munosabatimdir", dedi Karlson.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026