Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

«Aramco» vertolyotida halokat: 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Dunyo
23
«Aramco» vertolyotida halokat: 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Saudiya Arabistonining neft giganti "Aramco" kompaniyasiga qarashli vertolyot Ras-Tanura shahrida halokatga uchradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Fojia oqibatida havo kemasida bo‘lgan 14 nafar insonning barchasi hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa 28 iyun kuni ertalab Fors ko‘rfazi sohilida, Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan g‘arbda sodir bo‘lgan.

Halokatga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Saudiya davlat axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, vertolyot bortida qirollikning 14 nafar fuqarosi bo‘lgan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 06:00 atrofida yuz bergan. Vertolyot qulab tushishi natijasida bortdagilarning hech biri omon qolmagan.

Davlat axborot agentligi hozircha halokatning boshqa tafsilotlarini ochiqlamadi. Mas’ul idoralar voqea sabablarini aniqlash uchun keng qamrovli tekshiruv boshlagan.

"Tegishli organlar halokat sabablarini aniqlash uchun to‘liq tergov boshladi", — deya ma’lum qildi Saudiya davlat axborot agentligi. "Aramco" kompaniyasi esa xalqaro ommaviy axborot vositalarining hodisa yuzasidan yo‘llagan so‘rovlariga hozircha javob bermagan.

Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi fojia munosabati bilan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi. Hozircha qurbonlarning shaxsi, vertolyotning yo‘nalishi va parvozdan ko‘zlangan maqsad haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Halokat yuz bergan Ras-Tanura shahri Saudiya Arabistoni neft sanoatining asosiy markazlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda "Aramco" kompaniyasining Yaqin Sharqdagi eng yirik neftni qayta ishlash korxonalaridan biri va muhim eksport terminali joylashgan.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya qariyb to‘rt oylik tanaffusdan keyin 26 iyun kuni Ras-Tanura terminalida xom neft yuklash ishlarini qayta tiklagan edi. Dunyodagi eng yirik neft eksportchilaridan biri bo‘lgan Saudiya Arabistoni mintaqada kelishuvga erishish umidlari kuchayganidan keyin neft va gaz qazib olish hamda eksport hajmini oshirgan edi.

Shuningdek, energetika yuklarini tezroq yetkazib berish bo‘yicha ishlar ham jadallashtirilgan. Biroq rasmiy idoralar vertolyot halokati bilan neft terminalidagi ish jarayonlari o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik borligini ma’lum qilgani yo‘q.

Tergov natijalari e’lon qilingach, fojia sabablari va boshqa tafsilotlar oydinlashishi kutilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026