Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Karakasda zilziladan keyin kuchli gaz portlashi sodir bo‘ldi

Dunyo
16
Karakasda zilziladan keyin kuchli gaz portlashi sodir bo‘ldi
Venesuela poytaxti Karakasda zilziladan keyin vayronalarni tozalash ishlari olib borilayotgan vaqtda kuchli gaz portlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir nechta qutqaruvchi turli darajada tan jarohati olgan. Ularga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Portlashdan keyin hududga qo‘shimcha favqulodda xizmatlar va tibbiy brigadalar jalb etildi. Mutaxassislar atrofdagi binolarda gaz sizib chiqishi xavfi bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Hozircha portlashning aniq sababi va jabrlanganlar soni haqida to‘liq ma’lumot berilmagan. Vayronalarni tozalash ishlari xavfsizlik choralari kuchaytirilgan holda davom etmoqda.

Karakasda oldinroq kuchli zilzilaga duchor bo‘lganda minglab insonlarning turar joyi vayron bo‘lgan va yuzlab kishi nobud bo‘lgan. Hukumat tomonidan zilziladan zarar ko‘rgan aholi uchun yangi uylar barpo etish bo‘yicha maxsus dastur ishga tushirilgan.

Lekin shahar markazida olib borilayotgan qayta qurish ishlari jarayonida bunday kutilmagan holat yuz bergan. Favqulodda vaziyat xizmatlari mutaxassislari portlash oqibatlarini bartaraf etish va hududni xavfsiz holatga keltirish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026