Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Fransiyada samolyot qulab tushib 11 kishi hal bo‘ldi

Dunyo
41
Fransiyada samolyot qulab tushib 11 kishi hal bo‘ldi
Fransiyada yana bir yirik aviahalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatning Nansi shahri yaqinidagi Tomblen kommunasida parashyutdan sakrash uchun foydalaniladigan yengil samolyotning qulab tushishi oqibatida bortda bo‘lgan 11 kishining barchasi hayotdan o‘tdi. Bu haqda France 24 telekanali xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, fojia 28 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00 atrofida ro‘y bergan. Samolyot Grand Nancy-Tomblaine aerodromidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, Tomblen shahridagi Salvador Alende ko‘chasida joylashgan turarjoy hududiga qulab tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida jami 11 kishi bo‘lgan. Ular orasida bir nafar tajribali uchuvchi, besh nafar parashyut instruktori hamda parashyutdan sakrashni ilk bor sinab ko‘rayotgan besh nafar yo‘lovchi mavjud bo‘lgan.

Halokat oqibatida ularning barchasi voqea joyida vafot etgan. Xabarlarga ko‘ra, halok bo‘lgan yo‘larning aksariyati Nansi shahrida faoliyat yuritgan hamshiralar bo‘lgan.

Ular parashyut bilan sakrash mashg‘ulotida ishtirok etish uchun ushbu reysga chiqqan. Hodisa haqida xabar olinishi bilan voqea joyiga katta kuchlar jalb qilingan.

Qutqaruv ishlarida 50 nafar o‘t o‘chiruvchi, 25 ta maxsus texnika, tez tibbiy yordam brigadalari hamda politsiya xodimlari ishtirok etgan. Hudud to‘liq o‘rab olingan va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Fransiya Ichki ishlar vaziri Loran Nyunez hamda Transport vaziri Filipp Tabaro shaxsan voqega yetib borgan. Ular bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tgach, boshqaruvni yo‘qotib, yerga qulagan.

Ayni paytda halokatning aniq sabablarini aniqlash maqsadida rasmiy tergov boshlangan. Fransiyaning Fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligini tekshirish byurosi mutaxassislari samolyot qoldiqlarini o‘rganish va texnik ekspertizalar o‘tkazish ishlarini boshlagan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, fojiaga samolyot dvigatelida yuzaga kelgan texnik nosozlik yoki havo kemasidagi og‘irlik muvozanatining buzilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq mutaxassislar tergov yakunlanmaguncha aniq xulosa chiqarishga erta ekanini ta’kidlamoqda.

Fransiya Fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligini tekshirish byurosi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur halokat harbiy va tijorat aviatsiyasi hisobga olinmagan holda, mamlakat fuqarolik aviatsiyasi tarixida eng ko‘p qurbonlar qayd etilgan aviahalokatlardan biri sifatida baholanmoqda. Tergov natijalari e’lon qilinishi bilan halokatning aniq kelib chiqish sabablari va unga olib kelgan omillar haqida batafsil ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026