Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Venesuelada ayol va uning chaqalog‘i vayronalar ostidan qutqarildi

Dunyo
20
Venesuelada ayol va uning chaqalog‘i vayronalar ostidan qutqarildi
Venesuelada yuz bergan dahshatli zilziladan so‘ng 18 kunlik chaqalog‘i bilan vayronalar ostida qolgan ayolning hayot uchun kurashi butun dunyo ahlini hayratga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Qutqaruvchilar tomonidan sog‘-omon olib chiqilgan Dayana Patino boshidan kechirgan qo‘rqinchli damlar haqida so‘zlab berdi. Uning ta’kidlashicha, eng og‘ir va umidsiz daqiqalarda ham yangi tug‘ilgan o‘g‘li Xuan David unga yashash uchun mislsiz kuch bag‘ishlagan.

Ona o‘z farzandi tirik ekan, taslim bo‘lishga haqqi yo‘qligini anglab, har safar go‘dakning nafas olayotganini bilish uchun uning burniga tegib tekshirib turganini eslaydi. Venesuelada sodir bo‘lgan ushbu kuchli yer silkinishi mamlakat tarixidagi eng yirik tabiiy ofatlardan biriga aylandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida minglab insonlar halok bo‘lgan va o‘n minglab kishilar bedarak yo‘qolgan. Qidiruv ishlari davom etayotgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tgani sayin tirik qolganlarni topish imkoniyati kamayib bormoqda.

Aynan shunday og‘ir sharoitda Dayana va uning go‘dagining qutqarilishi haqiqiy mo‘jiza sifatida baholanmoqda. Kichkina Xuan David esa ko‘pchilik uchun umid va matonat timsoliga aylandi.

Dayana zilzila sodir bo‘lgan vaqtda La Guaira shahridagi ko‘p qavatli uyning sakkizinchi qavatida bo‘lgan. Avvaliga u yer silkinishini oddiy tebranish deb o‘ylagan, biroq bir necha soniyadan so‘ng vaziyat keskin tus olgan.

Ona darhol chaqalog‘ini bag‘riga bosgan va shu payt butun bino qulay boshlagan. Ayol o‘zini havoda uchayotgandek, so‘ngra tuproq va beton parchalari ichiga botib ketayotgandek his qilganini aytadi.

Vayronalar ostida qolgan ona dastlab bor ovozi bilan yordam chaqirgan, ammo hech kim eshitmayotganini bilgach, kuchini tejash maqsadida faqat yaqin atrofdan odam qadamlari eshitilgandagina ovoz chiqargan. Dayananing oyog‘i va boshi beton bo‘laklari orasida qisilib qolgan bo‘lsa-da, u o‘zini yo‘qotmadi.

Bir muddat o‘tib, u yaqinlarining ovozini eshitdi va bor kuchi bilan javob qaytardi. Murakkab qutqaruv operatsiyasi natijasida ona va bola vayronalar ostidan olib chiqildi.

Oila boshlig‘i Gerson binoning qulashini ko‘rganda xotini va farzandidan ayrildim deb o‘ylagan edi. Ularning omon qolgani esa butun oila uchun qayta tug‘ilishdek bo‘ldi.

Hozirda ona va bolaning salomatligi shifokorlar nazoratida bo‘lib, ularning hayoti xavf ostida emas.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026