Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Birlashgan Arab Amirliklari boylik taqsimlanishida dunyoda birinchi o‘rinni egalladi

Dunyo
120
Birlashgan Arab Amirliklari boylik taqsimlanishida dunyoda birinchi o‘rinni egalladi
Birlashgan Arab Amirliklari boylikning aholi o‘rtasida noteng taqsimlanishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Shveysariyaning UBS banki tayyorlagan Global Wealth Report 2026 yillik hisobotida ma’lum qilindi. Reytingda BAA bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etgan Rossiya ikkinchi o‘rindan joy olgan.

Jini koeffitsiyenti nimani anglatadi? Tadqiqotda mamlakat aholisi qo‘lidagi boylik qanchalik teng yoki noteng taqsimlanganini ko‘rsatuvchi Jini koeffitsiyentidan foydalanilgan.

Ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, aktivlarning shunchalik katta qismi aholining kichik guruhi qo‘lida to‘plangan bo‘ladi. Bu yerda gap ish haqi yoki kundalik daromad emas, balki quyidagi boyliklar haqida ketmoqda: ko‘chmas mulk, investitsiyalar, bank jamg‘armalari, aksiya va boshqa aktivlar.

Eng yuqori ko‘rsatkich qaysi davlatlarda? 2025 yil yakunlariga ko‘ra, mulkiy tengsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar quyidagicha: Birinchi o‘rin Birlashgan Arab Amirliklari, Jini koeffitsiyenti 0,82.

Ikkinchi o‘rin Rossiya, Jini koeffitsiyenti 0,82. Ucchinchi o‘rin Janubiy Afrika Respublikasi, Jini koeffitsiyenti 0,81.

To‘rtinchi o‘rin Braziliya, Jini koeffitsiyenti 0,81. Beinchi o‘rin Saudiya Arabistoni, Jini koeffitsiyenti 0,78.

Oltinchi o‘rin AQSH, Jini koeffitsiyenti 0,77. Yettinchi o‘rin Shvetsiya, Jini koeffitsiyenti 0,74.

Sakkizinchi o‘rin Hindiston, Jini koeffitsiyenti 0,74. To‘qqizinchi o‘rin Turkiya, Jini koeffitsiyenti 0,73.

O‘ninchi o‘rin Meksika, Jini koeffitsiyenti 0,72. Nega BAA birinchi o‘rinda?

Hisobot mualliflari BAAdagi yuqori ko‘rsatkichni mamlakatda o‘ta boy rezidentlar soni ko‘pligi bilan izohlagan. Shu bilan birga, mamlakatda nisbatan kam jamg‘armaga ega mehnat migrantlarining ulushi ham katta.

Natijada boylikning asosiy qismi cheklangan doiradagi kishilar qo‘lida jamlanib qolgan. O‘zbekiston reytingga kiritilmagan UBS banki hisobot doirasida jami 56 ta bozorni tahlil qilgan.

Biroq mulkiy tengsizlik bo‘yicha taqdim etilgan reytingda O‘zbekistonga oid ma’lumotlar keltirilmagan. Daromad va boylik tengsizligi bir xil emas Ekspertlar mazkur reytingni aholi daromadlari tengsizligi bilan adashtirmaslik kerakligini ta’kidlamoqda.

Daromad tengsizligi odamlarning ish haqi va boshqa tushumlarini taqqoslasa, mulkiy tengsizlik ularning uy-joyi, investitsiyalari, jamg‘armalari va boshqa aktivlarini hisobga oladi. Shu sabab bu ikki ko‘rsatkich turli uslubda hisoblanadi va bir-birining o‘rnini bosa olmaydi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026