Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Tbilisi shahrida O‘ida Gurjiston va Gurjiston prezidenti Mixail Kavelashvili bilan muhim muzokaralar o‘tkaziladi

Dunyo
53
Tbilisi shahrida O‘ida Gurjiston va Gurjiston prezidenti Mixail Kavelashvili bilan muhim muzokaralar o‘tkaziladi
Tbilisi shahrida Gurjiston prezidenti Mixail Kavelashvili va bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muhim muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va Gurjiston o‘rtasidagi do‘stlik, iqtisodiy hamkorlik hamda transport aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Siyosiy muloqot yanada mustahkamlanadi.

Muzokaralar kun tartibidan ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish masalalari o‘rin olgan. Tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish bo‘yicha amaliy choralarni muhokama qiladi.

Iqtisodiy loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi. Uchrashuvlarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga katta ahamiyat qaratiladi.

Xususan quyidagi sohalar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan: sanoat, farmatsevtika, kimyo, qishloq xo‘jaligi, turizm, energetika, axborot texnologiyalari. Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.

Transport va eksport masalasi diqqat markazida. Muzokaralarning yana bir muhim yo‘nalishi transport-logistika sohasidagi hamkorlik bo‘ladi.

Mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish va yuk tashish imkoniyatlarini oshirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinadi. Xalqaro masalalar ham muhokama qilinadi.

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashishi rejalashtirilgan. Bu muloqot tomonlarning muhim siyosiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha yondashuvlarini muvofiqlashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanadi. Sammit yakunida hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab oladigan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

Ushbu kelishuvlar O‘zbekiston va Gurjiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Ikki mamlakat hamkorligida eng katta imkoniyatlarga ega soha axborot texnologiyalari hisoblanadi.

Chunki bu soha Innovatsion rivojlanish, yigit kasbga ega yoshlar uchun ish joylarini yaratish, davlatlar o‘rtasidagi ma’lumot almashuvini tezlashtirish va iqtisodiy barcha sohalarni raqamlashtirishda keng imkoniyat beradi. Energetika va turizm ham muhim lekin axborot texnologiyalari ko‘proq kuchli mustaqil rivojlanish va xalqaro integratsiyaga asos bo‘ladi.

Bu sababli u eng omadli yo‘nalish hisoblanadi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026