Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Quyoshda chaqnashlar soni oshib X sinf portlash ehtimoli qo‘shildi

Dunyo
72
Quyoshda chaqnashlar soni oshib X sinf portlash ehtimoli qo‘shildi
Olimlar Quyoshdagi faollik so‘nggi kunlarda keskin kuchayganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislar fikricha, hozirgi vaziyat istalgan vaqtda yanada xavfli tus olishi mumkin. Ayniqsa, eng yuqori darajadagi Quyosh portlashi ehtimoli saqlanib qolmoqda.

Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti huzuridagi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Quyoshda jami 17 ta chaqnash qayd etilgan. Bu avvalgi kunlar bilan solishtirganda ancha yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bir kun avval 8 ta, undan oldingi kunda esa atigi 5 ta chaqnash kuzatilgan. Bugun ertalab esa M sinfiga mansub ikkita kuchli chaqnash ro‘y berdi.

Endi olimlar eng yuqori — X sinfidagi portlash sodir bo‘lish ehtimolini istisno qilmayapti. Yerga qarab turgan ulkan faol hudud Astronomlar hozirgi faol hududni joriy yil fevral ayında kuzatilgan 4366-sonli Quyosh dog‘lari guruhi bilan taqqoslamoqda.

O‘sha paytda bir nechta kuchli portlash, jumladan, 2026 yilning eng yirik X8.1 darajali chaqnashi qayd etilgan edi. Olimlarning qayd etishicha, bu galgi vaziyat biroz g‘ayrioddiy.

Chunki 2026 yilning eng katta faol hududi aynan Yer tomonga qarab turgan bo‘lsa-da, hozircha unda X sinfiga mansub kuchli portlash sodir bo‘lmagan. Biroq mutaxassislar bu xotirjamlik uzoq davom etmasligi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ularning fikricha, kuchli portlash istalgan daqiqada boshlanishi ehtimoli mavjud. Nega olimlar xavotirda?

Ma’lum qilinishicha, ushbu faol hudud ikkita yirik Quyosh dog‘lari guruhidan tashkil topgan bo‘lib, ular yagona magnit tizimi orqali o‘zaro bog‘langan. Bu esa ulkan energiya to‘planishiga sharoit yaratmoqda.

Astronomlar ta’kidlashicha, bunday murakkab magnit tizimlarni aniq bashorat qilish juda qiyin. Sababi, magnit maydonining katta qismi Quyosh yuzasi ostida joylashgani uchun uni to‘liq kuzatish imkoni yo‘q.

Shu bois vaziyat kutilmagan yo‘nalishda rivojlanishi mumkinligi haqida ogohlantirilmoqda. Quyosh portlashlari qanday xavf tug‘diradi?

Quyosh chaqnashlari kuchiga qarab A, B, C, M va X sinflariga bo‘linadi. Eng kuchlisi X sinfi hisoblanadi.

Bunday kuchli portlashlar Yer magnit maydoniga ta’sir qilib, magnit bo‘ronlarini yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa elektr tarmoqlarida nosozliklar, radioaloqa va navigatsiya tizimlarida uzilishlar, ayrim holatlarda esa sanoat obyektlarida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

Shuningdek, olimlar magnit bo‘ronlari qushlar va hayvonlarning tabiiy migratsiya yo‘nalishlariga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026