Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Venesuelada sakkiz kun vayronalar ostida qolgan qo‘riqchi qutqarildi

Dunyo
30
Venesuelada sakkiz kun vayronalar ostida qolgan qo‘riqchi qutqarildi
Venesuelada o‘tgan haftada yuz bergan kuchli yer silkinishlari oqibatida vayronalar ostida qolib ketgan qirq uch yoshli qo‘riqchi Ernan Alberto Gil Flores sakkiz kundan keyin sog‘-omon qutqarildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur hodisa xalqaro qutqaruv guruhi mutaxassislari tomonidan haqiqiy mo‘jiza sifatida e’tirof etilmoqda. Tabiiy ofat sodir bo‘lgan vaqtda u La Guayra shahridagi yirik savdo markazlaridan birida tungi navbatchilikda bo‘lgan.

Ketma-ket yuz bergan yetti balldan yuqori quvvatdagi zilzilalar binoning qulashiga sabab bo‘lgan, biroq Ernan xizmat qilayotgan kichik qo‘riqlash xonasi uni og‘ir beton plitalar ostida qolib ketishdan asrab qolgan. Qutqaruv ishlari davomida Kosta-Rika Qizil Xoch jamiyati xodimlari vayronalar orasidan tirik qolgan insonning ovozini eshitishga muvaffaq bo‘lishdi.

Qizig‘i shundaki, Ernan dastlab o‘zining tirik ekani haqida turmush o‘rtog‘iga xabar bermasliklarini so‘ragan. U qutqaruv amaliyoti muvaffaqiyatsiz yakunlanishi va yaqinlarining umidlari puchga chiqishidan qattiq xavotirlangan.

Shunga qaramay, bir necha davlatdan kelgan mutaxassislar ishtirokidagi murakkab va xatarli operatsiya ijobiy yakunlandi. So‘nggi kunlarda maxsus texnik vositalar yordamida u bilan aloqa o‘rnatilib, unga suv va zarur suyuq ozuqalar yetkazib turilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu dahshatli zilzilalar oqibatida ikki mingdan ortiq inson hayotdan ko‘z yumdi, o‘n minglab kishilar turli darajadagi jarohatlar oldi. Hozirda ko‘plab fuqarolar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda va qidiruv ishlari hali ham davom etmoqda.

Tabiiy ofat hududlarida oziq-ovqat va toza ichimlik suvi yetishmovchiligi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Xalqaro tashkilotlar yarim milliondan ortiq aholiga uzoq muddatli insonparvarlik yordami ko‘rsatish zarurligini ta’kidlamoqda.

Hozirda hukumat va ko‘ngillilar boshpanasiz qolgan oilalarni vaqtinchalik turar joylar bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026