Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Gazo sektorida falastinlik taniqli darvozabon Salim al-Ashqar halok bo‘ldi

Dunyo
16
Gazo sektorida falastinlik taniqli darvozabon Salim al-Ashqar halok bo‘ldi
Isroil qurolli kuchlari tomonidan Gazo sektorida amalga oshirilgan navbatdagi harbiy amaliyotlar oqibatida falastinlik taniqli darvozabon Salim al-Ashqar hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Falastin futbol assotsiatsiyasi bergan rasmiy ma’lumotlarga tayanib xabar qilinishicha, 32 yoshli sportchi Gazo sektorining Al-Qarara shaharchasida otib o‘ldirilgan. Salim al-Ashqar 2023-yilning oktyabr oyida mintaqada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon halok bo‘lgan mingdan ortiq falastinlik sportchilar ro‘yxatiga kirdi.

Marhum futbolchi shaxsiy hayoti va faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga erishgan edi. U bor-yo‘g‘i besh oy muqaddam oila qurgan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i bilan ilk farzandining dunyoga kelishini intizorlik bilan kutayotgan edi.

Sportchi o‘z faoliyati davomida Xon Yunis Servis klubi sharafini himoya qilgan, shuningdek, Gazo sektoridagi Al-Aqso va Al-Musaddar kabi jamoalar tarkibida darvozabon sifatida to‘p surgan. Uning fojiali o‘limi nafaqat yaqinlari, balki butun sport jamoatchiligi uchun og‘ir judolik bo‘ldi.

Chilining Deportivo Palestino futbol klubi ham mazkur voqeaga munosabat bildirib, maxsus bayonot e’lon qildi. Klub rahbariyati Salim al-Ashqarning o‘limi munosabati bilan chuqur qayg‘uda ekanini bildirib, mintaqada davom etayotgan bunday ko‘ngilsiz hodisalar jiddiy tashvish uyg‘otayotganini ta’kidladi.

Bayonotda adolat qaror topishi va tinchlik o‘rnatilishi bo‘yicha chaqiriqlar o‘rin olgan. Shu bilan birga, falastinlik sportchilarga nisbatan bosimlar faqatgina harbiy hujumlar bilan cheklanib qolmayotgani aytilmoqda.

Xususan, iyun oyi boshida Falastin ayollar milliy terma jamoasining 20 yoshli a’zosi Rend Halavaniy ham Isroil huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan. U Quddus shahrida so‘roq qilingan, biroq unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar tafsiloti ochiqlanmagan.

Falastin futbol assotsiatsiyasi ushbu holatlarni keskin qoralab, sportchilarga nisbatan amalga oshirilayotgan bu kabi harakatlarni tizimli tazyiq sifatida baholamoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026