ENRU

Misrning Daxla vohasida Vizantiya davriga oid qadimiy shahar topildi

Dunyo
11
Misrning Daxla vohasida Vizantiya davriga oid qadimiy shahar topildi
Misr zaminida olib borilgan so‘nggi arxeologik qazishmalar natijasida mamlakat tarixining turli davrlarini o‘zida aks ettiruvchi noyob yodgorliklar va osori-atiqalar topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatning g‘arbiy qismidagi Liviya sahrosida joylashgan Daxla vohasida Vizantiya imperiyasi davriga oid, aniqrog‘i to‘rtinchi asrga mansub qadimiy shahar qoldiqlari aniqlandi. Shu bilan birga, Aleksandriya shahri yaqinidagi Marina-el-Alameyn hududida o‘n sakkizta qadimiy maqbara kashf etildi.

Bu haqda Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xalqaro axborot agentliklari xabar bermoqda. Daxla vohasida olib borilgan tadqiqotlar davomida shimol va janub hamda sharq va g‘arb yo‘nalishlarida kesishgan tartibli ko‘chalarga ega shahar tarhi namoyon bo‘ldi.

Arxeologlar markaziy ko‘chalar atrofida ibodatxona, ikkita kuzatuv minorasi, mustahkam mudofaa devorlari va gumbazli turarjoy binolarining poydevorlarini aniqlashdi. Tadqiqotchilarning fikricha, hududdagi ayrim inshootlar dastlab cherkov vazifasini o‘tagan, keyinchalik esa kengroq ibodatxonalarga aylantirilgan.

Bu esa o‘sha davrdagi diniy hayotning rivojlanish bosqichlarini ko‘rsatib beradi. Qazishmalar jarayonida o‘sha davr aholisining turmush tarzidan hikoya qiluvchi non pishirish pechlari, ro‘zg‘or buyumlari va don maydalash uchun mo‘ljallangan tosh qurollar ham topilgan.

Arxeologlar uchun eng qimmatli topilmalardan biri Vizantiya imperatorlari tasviri tushirilgan, lotincha yozuvlar va diniy ramzlar bilan bezatilgan bronza tangalardir. Shuningdek, Rim imperatori Konstansiy Ikkinchi hukmronlik qilgan yillarga oid oltin tangalar ham yaxshi holatda saqlangan holda topildi.

Bu buyumlar o‘sha davrdagi iqtisodiy aloqalar va pul muomalasi haqida boy ma’lumot beradi. Marina-el-Alameyn hududida aniqlangan o‘n sakkizta maqbaraning o‘n bittasi qoyalarga o‘yib ishlangan bo‘lsa, yettitasi yer ustida qurilgan.

Mazkur qabrlardan sopol idishlar, moychiroqlar, qurbongohlar va ohaktoshdan yasalgan kosalar chiqarib olindi. Ayniqsa, dafn marosimi odatlariga ko‘ra marhumlarning og‘ziga qo‘yilgan to‘rtta oltin tanga hamda ulkan granit tobut ichidagi skelet qoldiqlari mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, gipsdan ishlangan sfinks haykalining bo‘laklari ham topilmalar ro‘yxatidan joy oldi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu yangi kashfiyotlar Misr hududida Vizantiya va Rim hukmronligi davridagi shaharsozlik madaniyati, ijtimoiy hayot va dafn marosimlarini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.

Mazkur topilmalar nafaqat Misr, balki jahon madaniy merosining ajralmas qismi sifatida tarix fanini yangi ma’lumotlar bilan boyitishi shubhasizdir. Hozirda hududlarda ilmiy-tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX kompaniyasining har bir AQSH bolasiga bittadan aksiyasini sovg'a qilish rejasini e'lon qilgani xabar qilinmoqda. AQSH Aholini ro'yxatga
DunyoBugun, 15:15
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34