ENRU

Ukraina Rossiya hududlariga yuzlab dronlar bilan keng ko‘lamli hujum uyushtirdi

Dunyo
11
Ukraina Rossiya hududlariga yuzlab dronlar bilan keng ko‘lamli hujum uyushtirdi
To‘rtinchi iyulga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari Rossiya hududlari hamda Qrim yarim oroliga qarata keng ko‘lamli uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur harbiy amaliyot davomida qariyb to‘rt yuzga yaqin dron ishlatilgan. Asosiy zarbalar yo‘nalishi Sankt-Peterburg shahri hamda Leningrad viloyati hududlariga to‘g‘ri kelgani kuzatildi.

Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko bergan bayonotga ko‘ra, hudud osmonida aniqlangan oltmish yettita uchuvchisiz qurilma havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali yo‘q qilingan. Viloyat rahbari hujum natijasida ko‘rilgan talafotlar haqida aniq ma’lumotlarni ochiqlamadi.

Biroq xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida hududda mobil internet xizmati faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Shuningdek, mahalliy aholiga zarurat bo‘lmagan hollarda ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda Sankt-Peterburgdagi eng yirik energetika inshootlaridan biri hisoblangan Peterburg neft terminali atrofida kuchli portlashlar sodir bo‘lgani tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi. Guvohlar tomonidan olingan kadrlarda yoqilg‘i saqlash omborlarida yong‘in kelib chiqqanini ko‘rish mumkin.

Hozircha ushbu holat yuzasidan rasmiy idoralar tomonidan hech qanday izoh berilgani yo‘q. Mazkur neft terminali mintaqadagi eng muhim logistika markazlaridan biri sanaladi.

U Sankt-Peterburg dengiz porti yaqinida joylashgan bo‘lib, neft va neft mahsulotlarini temiryo‘l, quvur hamda dengiz transporti orqali tashishda asosiy bo‘g‘in vazifasini bajaradi. Ushbu obyektdagi har qanday nosozlik yoki yong‘in Rossiyaning eksport salohiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, ushbu strategik obyekt avval ham bir necha bor hujum nishoniga aylangan edi. Xususan, joriy yilning uchunchi iyun kuni, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi boshlangan vaqtda ham terminal hududida yirik yong‘in qayd etilgan edi.

Ketma-ket sodir bo‘layotgan ushbu hodisalar Rossiyaning muhim energetika infratuzilmasi xavfsizligini ta’minlash masalasini yana bir bor dolzarb mavzuga aylantirdi. Mutaxassislar bunday hujumlar davom etishi iqtisodiy va logistik zanjirlarga jiddiy zarar yetkazishini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ukraina tinchlik uchun beshta variant taklif qildi
Ukraina tinchlik uchun beshta variant taklif qildi
Ukrainadagi harbiy ziddiyatni diplomatik vositalar yordamida yakunlash masalasi xalqaro siyosiy maydonda yangi bosqichga ko‘tarildi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi
DunyoKecha, 23:32
YUNICEF: El-Nino kuchayishi 347 million ballarni xavfga soladi
YUNICEF: El-Nino kuchayishi 347 million ballarni xavfga soladi
BMTning Bolalar xalqaro jamg‘armasi (UNICEF) iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Tinch okeanidagi kuchli tabiiy anamaliya —
DunyoKecha, 05:51
Yevropa Ittifoqi energetika bozorida jiddiy sinovga duch keladi
Yevropa Ittifoqi energetika bozorida jiddiy sinovga duch keladi
Yevropa Ittifoqi qish mavsumida energetika bozorida jiddiy sinovga duch keladi. Yevrokomissiya vakili Anna-Kaysa Itkonen Bryusselda jurnalistlar oldida chiqib,
DunyoKecha, 05:29
AQSH HACM gipertovushli raketasi Woomerada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
AQSH HACM gipertovushli raketasi Woomerada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
AQSH Harbiy-havo kuchlari Avstraliya Qirollik HHK bilan hamkorlikda yangi avlod gipertovushli qanotli raketasi hisoblangan HACM (Hypersonic Attack Cruise Missile) loyihasi bo‘yicha ilk
DunyoKecha, 04:54
Ispaniyada o'n qavatli jonli minoralar qurish musobaqasi o'tkazildi
Ispaniyada o'n qavatli jonli minoralar qurish musobaqasi o'tkazildi
Ispaniyaning Tarragona shahrida insonlardan ulkan minoralar barpo etish bo‘yicha an’anaviy musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘ttizinchi bor tashkil etilgan bellashuvda
DunyoKecha, 04:08
Yevropa davlatlarining harbiy xarajatlari ikki barobarga oshishi kutilmoqda
Yevropa davlatlarining harbiy xarajatlari ikki barobarga oshishi kutilmoqda
Yevropa qit’asi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi eng yirik va keng ko‘lamli qayta qurollanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Stokholm xalqaro tinchlik
DunyoKecha, 03:35