Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 oktabr
+18°
пасмурно ветер 2 м/с, С
ENRU

Mojtaba Xomanaiy otasining vidolashuv marosimlarida ko‘rinish bermayapti

Dunyo
16
Mojtaba Xomanaiy otasining vidolashuv marosimlarida ko‘rinish bermayapti
Eronda marhum oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari o‘tkazilayotgan bir paytda, uning o‘g‘li va amaldagi oliy rahbar Mojtaba Xomanaiyning tadbirlarda ko‘rinish bermayotgani turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nufuzli xalqaro nashrlarning yozishicha, Tehronda marhum uchun janoza namozi o‘qilishi va vidolashuv tadbirlari mamlakatning bir necha yirik shaharlarida davom etishi belgilangan. Biroq shu vaqtga qadar yangi rahbarning omma oldida namoyon bo‘lmagani ko‘plab savollarni keltirib chiqardi.

Dafn marosimini tashkil etish qo‘mitasi mutasaddilari Mojtaba Xomanaiyning tadbirlarda qatnashishi uning shaxsiy ixtiyorida ekanini ma’lum qilgan edi. Shunga qaramay, mamlakatdagi ko‘plab tarafdorlar va siyosiy doiralar vakillari yangi rahbarni otasi bilan xayrlashuv jarayonida ko‘rishni intiq bo‘lib kutishgan edi.

Mazkur holat yuzasidan bildirilayotgan munosabatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, uning omma oldiga chiqmasligiga birinchi navbatda xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy tahdidlar sabab bo‘lgan. Maxsus xizmatlarga yaqin manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil tomonidan ehtimoliy hujum uyushtirilishi yoki yangi rahbarning turgan joyi aniqlanishi xavfi tufayli uning marosimlarda ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb topilmagan.

Shunday bo‘lsa-da, Mojtaba Xomanaiy otasining dafn marosimi bilan bog‘liq ayrim jarayonlarda, xususan, Mashhad shahridagi Imom Rizo ziyoratgohida o‘tkaziladigan yakuniy marosimda qatnashish va duo qilish istagini bildirgan. Eslatib o‘tamiz, Ali Xomanaiy shu yilning fevral oyi oxirida amalga oshirilgan aviahujumlar oqibatida vafot etgan edi.

Dastlab bahor oylariga rejalashtirilgan vidolashuv marosimlari ishtirokchilarning ko‘pligi va tashkiliy masalalar sababli yozga qoldirilgan edi. Mojtaba Xomanaiy mamlakatning yangi oliy rahbari etib saylangan bo‘lsa-da, o‘sha hujumlarda olgan jarohatlari tufayli hamon jamoatchilikka ko‘rinish bermayapti.

Hozirga qadar uning barcha murojaatlari faqat yozma shaklda yoki televideniye orqali o‘qib eshittirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ukraina tinchlik uchun beshta variant taklif qildi
Ukraina tinchlik uchun beshta variant taklif qildi
Ukrainadagi harbiy ziddiyatni diplomatik vositalar yordamida yakunlash masalasi xalqaro siyosiy maydonda yangi bosqichga ko‘tarildi. Ukraina Tashqi ishlar vazirligi
DunyoKecha, 23:32
YUNICEF: El-Nino kuchayishi 347 million ballarni xavfga soladi
YUNICEF: El-Nino kuchayishi 347 million ballarni xavfga soladi
BMTning Bolalar xalqaro jamg‘armasi (UNICEF) iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Tinch okeanidagi kuchli tabiiy anamaliya —
DunyoKecha, 05:51
Yevropa Ittifoqi energetika bozorida jiddiy sinovga duch keladi
Yevropa Ittifoqi energetika bozorida jiddiy sinovga duch keladi
Yevropa Ittifoqi qish mavsumida energetika bozorida jiddiy sinovga duch keladi. Yevrokomissiya vakili Anna-Kaysa Itkonen Bryusselda jurnalistlar oldida chiqib,
DunyoKecha, 05:29
AQSH HACM gipertovushli raketasi Woomerada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
AQSH HACM gipertovushli raketasi Woomerada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
AQSH Harbiy-havo kuchlari Avstraliya Qirollik HHK bilan hamkorlikda yangi avlod gipertovushli qanotli raketasi hisoblangan HACM (Hypersonic Attack Cruise Missile) loyihasi bo‘yicha ilk
DunyoKecha, 04:54
Ispaniyada o'n qavatli jonli minoralar qurish musobaqasi o'tkazildi
Ispaniyada o'n qavatli jonli minoralar qurish musobaqasi o'tkazildi
Ispaniyaning Tarragona shahrida insonlardan ulkan minoralar barpo etish bo‘yicha an’anaviy musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘ttizinchi bor tashkil etilgan bellashuvda
DunyoKecha, 04:08
Yevropa davlatlarining harbiy xarajatlari ikki barobarga oshishi kutilmoqda
Yevropa davlatlarining harbiy xarajatlari ikki barobarga oshishi kutilmoqda
Yevropa qit’asi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi eng yirik va keng ko‘lamli qayta qurollanish bosqichini boshdan kechirmoqda. Stokholm xalqaro tinchlik
DunyoKecha, 03:35