ENRU

Yevropadagi kuchli o‘rmon yong‘inlari sababli minglab aholi ko‘chirildi

Dunyo
25
Yevropadagi kuchli o‘rmon yong‘inlari sababli minglab aholi ko‘chirildi
Yevropaning qator davlatlarida avj olgan yirik o‘rmon yong‘inlari minglab gektar yer maydonini qamrab oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ispaniya, Fransiya, Portugaliya va Gretsiyada yuzlab o‘t o‘chiruvchilar, maxsus texnikalar hamda aviatsiya kuchlari alangalarni jilovlash uchun safarbar etilgan. Bu haqda xalqaro axborot vositalari xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Fransiyaning janubidagi Pireney-Sharqiy departamentida 4-iyul kuni kechqurun boshlangan yong‘in oqibatida ikki kishi, jumladan, bir nafar o‘t o‘chiruvchi hamda mahalliy aholi vakili og‘ir jarohat olgan. Hududdan qariyb besh ming nafar aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.

Yong‘inni bartaraf etish ishlariga yetti yuz nafarga yaqin mutaxassis, ikki yuzta maxsus texnika, shuningdek, o‘nlab samolyot va vertolyotlar jalb qilingan. Fransiya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda mamlakatning 41 ta departamentida o‘rmon yong‘inlari xavfi yuqori deb baholanmoqda.

Ulardan yettitasida esa eng yuqori xavf darajasi e’lon qilingan bo‘lib, vaziyat jiddiy nazorat ostiga olingan. Gretsiyaning Saloniki shahri yaqinidagi chiqindilarni qayta ishlash korxonasida chiqqan yong‘in tufayli qalin tutun shahar markazigacha tarqalgan.

Rasmiylar aholidan derazalarni yopib, imkon qadar uydan chiqmaslikni so‘ragan. Hodisa sababli uchta aholi punkti va bir necha yuz kishi istiqomat qiladigan ijtimoiy muassasalar evakuatsiya qilingan.

Mazkur holat yuzasidan bir nafar kishi qasddan o‘t qo‘yishda gumon qilinib qo‘lga olingan. Shuningdek, Afinaning g‘arbiy qismida ham yirik o‘rmon yong‘ini qayd etilgan.

Uni o‘chirish ishlariga ikki yuzdan ortiq o‘t o‘chiruvchi, ko‘ngillilar va maxsus aviatsiya jalb etilgan. Ispaniyaning Jirona provinsiyasida bir necha kundan buyon davom etayotgan yong‘in qariyb ikki ming gektardan ortiq hududni kulga aylantirgan.

Portugaliyaning Vozela munitsipalitetida esa o‘rmon yong‘inlari o‘n ikki ming gektardan ortiq maydonga tarqalgan. Uni bartaraf etish uchun mingdan ziyod mutaxassis va o‘nlab samolyotlar safarbar etilgan.

Ispaniya qo‘shni mamlakatga yordam sifatida qo‘shimcha kuch va texnikalarni yuborgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, Portugaliyadagi asosiy yong‘in o‘choqlari nazorat ostiga olingan bo‘lsa-da, ayrim hududlarda alanga hanuz saqlanib qolmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yevropaning bir qator davlatlarida kuzatilayotgan bu fojiali hodisalar iyun oyida qayd etilgan anomal issiq ob-havo va iqlim o‘zgarishlari bilan bevosita bog‘liqdir. Hozirda barcha hududlarda yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX kompaniyasining har bir AQSH bolasiga bittadan aksiyasini sovg'a qilish rejasini e'lon qilgani xabar qilinmoqda. AQSH Aholini ro'yxatga
DunyoBugun, 15:15
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34