Bugun
AQSHda 13 kishini o'ldirgan mayor o'lim jazosiga hukm qilindi
+14°
ясно ветер 4 м/с, С
ENRU

Isroil armiyasi g‘azolik asirning qiynoqqa solingan suratini tasdiqladi

Dunyo
42
Isroil armiyasi g‘azolik asirning qiynoqqa solingan suratini tasdiqladi
Ijtimoiy tarmoqlarda qo‘llari va ko‘zlari bog‘langan, tanasi jarohatlangan holda karavotga yuztuban yotqizilgan g‘azolik erkakning surati tarqalib, keng jamoatchilik o‘rtasida keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Katta shov-shuvga sabab bo‘lgan ushbu tasvir yuzasidan Isroil mudofaa kuchlari rasmiy munosabat bildirib, suratning haqiqiy ekanini tasdiqladi. Harbiylar mazkur holat yuzasidan ichki surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Armiya vakillari bergan bayonotga ko‘ra, asirga nisbatan bunday munosabatda bo‘lish harbiy tartib-qoidalarga va qo‘shinning axloqiy tamoyillariga mutlaqo zid hisoblanadi. Shunga qaramay, rasmiy idoralar suratdagi shaxsning aniq kimligi, u hozirda qayerda saqlanayotgani yoki voqea qachon yuz bergani haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu surat dastlab ijtimoiy tarmoqlarda ibroniy tilidagi xayrli tong tilaklari bilan e’lon qilingan, biroq ko‘p o‘tmay mazkur sahifa butunlay o‘chirib tashlangan. Voqeadan bir qancha vaqt o‘tgach, g‘azolik Abu Nassar ismli shaxs suratdagi erkak uning o‘g‘li Usama ekanini ma’lum qildi.

Otaning ta’kidlashicha, u o‘z farzandini tanasidagi o‘ziga xos chandiqlar va qiynoqlar oqibatida yuzaga kelgan shishlar orqali darhol tanib olgan. Oila a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, Usama shu yilning mart oyida, Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi vaqtinchalik sulh davrida nazorat punkti yaqinida o‘zining bir yarim yoshli farzandi bilan birga qo‘lga olingan edi.

Garchi go‘dak o‘sha kunning o‘zida qo‘yib yuborilgan bo‘lsa-da, yaqinlari bolaning oyoqlarida kuyishga o‘xshash jiddiy jarohatlar borligini aytishmoqda. Isroil armiyasi esa bu kabi ayblovlarni qat’iyan rad etdi.

Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, bolaning oyog‘idagi jarohatlar kimdir tomonidan ataylab yetkazilmagan, balki otasini to‘xtatish maqsadida otilgan ogohlantiruvchi o‘qlar oqibatida tasodifan yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Hozirda ushbu holat yuzasidan xalqaro tashkilotlar ham o‘z munosabatini bildirishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

AQSHda 13 kishini o'ldirgan mayor o'lim jazosiga hukm qilindi
AQSHda 13 kishini o'ldirgan mayor o'lim jazosiga hukm qilindi
Amerika Qo'shma Shtatlari harbiy adliya tizimida so'nggi sakson yil ichida kuzatilmagan favqulodda voqelik yuz berishi kutilmoqda. Pentagon manbalarining xabar
DunyoBugun, 01:28
Qozog'iston Harbiy dengiz kuchlari sobiq bosh qo'mondoni hibsga olindi
Qozog'iston Harbiy dengiz kuchlari sobiq bosh qo'mondoni hibsga olindi
Qozog‘iston Qurolli kuchlari tarixida tinchlik davrida yuz bergan eng yirik talafot yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari doirasida yuqori martabali harbiylar javobgarlikka tortilmoqda. Bu
DunyoBugun, 00:49
Afg‘onistonda shaxmat olimpiadasidan qaytgan uch nafar sportchi qo‘lga olindi
Afg‘onistonda shaxmat olimpiadasidan qaytgan uch nafar sportchi qo‘lga olindi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan Afg‘oniston milliy terma jamoasining uch nafar a’zosi vataniga qaytganidan so‘ng xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga
DunyoBugun, 00:30
Istanbuldagi maktabda pichoqli hujum oqibatida bir o'quvchi vafot etdi
Istanbuldagi maktabda pichoqli hujum oqibatida bir o'quvchi vafot etdi
Istanbul shahrining Bashakshehir tumanidagi o‘rta maktablardan birida sodir etilgan pichoqli hujum oqibatida sakkiz nafar o‘quvchi turli darajada tan jarohati oldi.
DunyoKecha, 23:56
Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatishni taklif qildi
Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatishni taklif qildi
Latviya Ichki ishlar vazirligi mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston fuqarolariga kirish vizalarini berishni vaqtincha to‘xtatish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 03:35
Chilidagi Atakama cho'li kuchli yomg'irdan so'ng gullar maydoniga aylandi
Chilidagi Atakama cho'li kuchli yomg'irdan so'ng gullar maydoniga aylandi
Yer yuzining eng qurg‘oqchil va hayot uchun noqulay hududlaridan biri sanaladigan Chilidagi Atakama cho‘lida kutilmagan tabiat hodisasi yuz berdi. Frans Press axborot
DunyoKecha, 03:13