ENRU

Pokistonning yuk samolyoti besh nafar ekipaj bilan radarlardan yo‘qoldi

Dunyo
14
Pokistonning yuk samolyoti besh nafar ekipaj bilan radarlardan yo‘qoldi
Pokistonda K2 Airways aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing 737-400 rusumli yuk samolyoti Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahridan Karachiga parvoz qilayotgan vaqtda aloqadan uzildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Havo kemasi bortida besh nafar ekipaj a’zosi bo‘lgani ma’lum qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Karachi shahrining g‘arbiy qismida, Arab dengizi kengliklari uzra harakatlanayotganda radarlardan yo‘qolgan.

Aloqa butunlay uzilishidan bir oz avval havo kemasi uchuvchisi navigatsiya tizimida jiddiy muammolar yuzaga kelgani haqida yer usti xizmatlariga xabar berishga ulgurgan. Pokiston aeroportlari boshqarmasi vakillari radarlar samolyotning balandlikni keskin yo‘qotgani va parvoz yo‘nalishini kutilmaganda o‘zgartirganini qayd etganini bildirdi.

Shundan so‘ng ekipaj bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan. Parvozlar holatini kuzatib boruvchi Flightradar24 xizmati ham olingan dastlabki ma’lumotlar ehtimoliy aviahalokatdan dalolat berishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Shunga qaramay, hozircha samolyotning qulagani haqida rasmiy tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud emas. Ayni paytda voqea sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududga Pokiston Harbiy-dengiz va Harbiy-havo kuchlarining maxsus bo‘linmalari jalb etilgan.

Qidiruv va qutqaruv ishlarida PNS Zulfiqar harbiy kemasi, uzoq masofali radiolokatsion kuzatuv olib boruvchi Saab 2000 Erieye samolyoti hamda tijorat maqsadlarida foydalaniladigan Lahore kemasi ishtirok etmoqda. Mutaxassislar dengiz hududini sinchiklab ko‘zdan kechirmoqdalar.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu Boeing 737-400 havo kemasi avval yo‘lovchi tashish uchun xizmat qilgan, biroq 2012 yilda u yuk tashishga moslashtirilib, qayta jihozlangan edi. Pokiston aviatsiyasi tarixidagi oxirgi eng yirik fojia 2020 yilda yuz bergan bo‘lib, o‘shanda Karachi aeroportiga qo‘nish vaqtida yo‘lovchi samolyoti qulab tushgan va bortdagi 99 kishidan faqat ikki nafari omon qolgan edi.

Hozirda barcha mas’ul idoralar yo‘qolgan yuk samolyoti taqdirini aniqlash ustida ish olib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni keskin qoraladi
O‘zbekiston Ar-Riyod aeroportiga qilingan hujumni keskin qoraladi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Podshoh Xolid xalqaro aeroportiga husiylar tomonidan amalga oshirilgan hujumni keskin qoralab chiqdi.
DunyoBugun, 13:29
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
Kiyev viloyatidagi ko‘p qavatli uy hovlisida sodir bo‘lgan portlashda mahalliy fuqaro mo‘jiza tufayli omon qoldi. Kuzatuv kameralari qayd etgan tasvirlarda
DunyoBugun, 12:31
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Saudiya Arabistoni poytaxtida navbatdagi qaqshatqich zarbasi 12 halok, 309 jarohatga olib keldi
Yaqin Sharq mintaqasida harbiy qarama-qarshilik darajasi juda yuqori darajada yetgan. Yamandagi husiychilar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi xalqaro
DunyoBugun, 10:31
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
Tramp Zelenskiyga neft qayta ishlash hujumlarini ogohlantirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha yangi sharhlar bildirdi. U Washingtondagi harbiy bazada
DunyoBugun, 09:40
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina va Janubiy Koreya orasidagi diplomatik munosabatlar 8 oktyabrda jiddiy darajada siqindi, chunki Seul Kiyevdagi elchinini rasman chaqirib oldi. Bu qadam,
DunyoBugun, 04:32
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Ispaniyalik taniqli futbol mutaxassisi Luis Enrikening oilasi navbatdagi og‘ir ruhiy zarbaga duch keldi. Italiyaning nufuzli nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra,
DunyoBugun, 04:06