ENRU

Hindistonda Buxoroda vafot etgan talaba bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Dunyo
29
Hindistonda Buxoroda vafot etgan talaba bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxoro shahrida yuz bergan fojia oqibatida halok bo‘lgan 22 yoshli hindistonlik talabaning o‘limi xalqaro miqyosda keng aks-sado bermoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur voqea yuzasidan Hindistonning Kerala shtati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qasddan odam o‘ldirish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Marhumaning ota-onasi tomonidan berilgan rasmiy ariza asosida Alappuja tumanidagi Haripad politsiya bo‘limi tergov harakatlarini boshlagan.

Shuningdek, Hindiston hududida marhumaning jasadi ustidan qayta sud-tibbiy ekspertizasi ham tashkil etilgani ma’lum qilindi. Kerala politsiyasi vakillarining tushuntirishicha, garchi jinoyat O‘zbekiston hududida sodir etilgan bo‘lsa-da, amaldagi qonunchilik va xalqaro huquqiy me’yorlar Hindiston tomoniga ham mustaqil ish ochish huquqini beradi.

Agar O‘zbekistondagi sud jarayonlarida gumonlanuvchi tegishli jazosini olsa, Hindistondagi ish to‘xtatilishi mumkin. Aks holda, tergov jarayonlari Hindiston qonunlari asosida davom ettiriladi.

Buning uchun ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari va elchixonalari orqali o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Marhumaning yaqinlari tergov jarayonlari faqat O‘zbekiston bilan cheklanib qolmasligini talab qilmoqdalar.

Ular asosiy gumonlanuvchining Hindistonga ekstraditsiya qilinishi va xalqaro huquqiy mexanizmlar asosida javobgarlikka tortilishi tarafdori ekanliklarini bildirishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojiada qizning kursdoshi gumon qilinmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, talabalar o‘rtasidagi janjal vaqtida yigit noutbuk bilan qizning bosh qismiga zarba bergan va bu o‘limga sabab bo‘lgan. Biroq marhumaning oilasi voqea tafsilotlari rasmiy ma’lumotlarda keltirilganidan ancha murakkab va og‘ir ekanini ta’kidlamoqda.

Jasad Hindistonga olib kelinganida, unda ko‘plab jarohat izlari aniqlangani aytilmoqda. Yaqinlarining fikricha, talaba qiz o‘limidan oldin jismoniy zo‘ravonlikka uchragan bo‘lishi mumkin.

Hozirda oila a’zolari O‘zbekistondagi tergov xulosalarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari hozircha mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy bayonot bergani yo‘q.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi va mamlakatga qaytarildi
O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi va mamlakatga qaytarildi
Turkiyada uzoq vaqt davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.X. huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida qo‘lga olindi va mamlakatimizga
DunyoBugun, 04:44
Indoneziyada dani xalqi ajdodlarining jasadini uch asrdan buyon saqlamoqda
Indoneziyada dani xalqi ajdodlarining jasadini uch asrdan buyon saqlamoqda
Indoneziyaning Papua tog‘li hududida joylashgan Jivika qishlog‘ida yashovchi dani xalqi o‘z ajdodlarining jasadini qariyb 350 yildan buyon mo‘miyolangan holda saqlab kelmoqda. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 04:27
O‘zbekiston yoshlari uchun Rossiya mehnat bozori asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda
O‘zbekiston yoshlari uchun Rossiya mehnat bozori asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda
Yevroosiyo tahliliy klubi rahbari Nikita Mendkovich O‘zbekistondagi demografik o‘sish va mehnat bozori imkoniyatlari yuzasidan o‘z xulosalarini taqdim etdi. Tahlilchi
DunyoBugun, 03:38
NASA va SpaceX Xalqaro koinot stansiyasiga yangi missiya yuboradi
NASA va SpaceX Xalqaro koinot stansiyasiga yangi missiya yuboradi
AQSH Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) hamda SpaceX kompaniyasi hamkorligida Xalqaro koinot stansiyasiga navbatdagi muhim ta’minot missiyasi amalga oshiriladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 03:07
Arab koalitsiyasi Yamandagi isyonchilarning harbiy obektlariga zarbalar berdi
Arab koalitsiyasi Yamandagi isyonchilarning harbiy obektlariga zarbalar berdi
Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi Arab koalitsiyasi kuchlari Yaman shimolida faoliyat yuritayotgan Ansor Alloh harakati marralariga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot o‘tkazdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 02:51
AQSH Maduroni fuqarolarni qiynoqqa solishda ayblashga tayyorlanmoqda
AQSH Maduroni fuqarolarni qiynoqqa solishda ayblashga tayyorlanmoqda
Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan o'tkazilgan maxsus harbiy amaliyot natijasida qo'lga olingan Venesuela sobiq prezidenti Nikolas Maduro va uning turmush o'rtog'i Siliya Floresga nisbatan yangi,
DunyoBugun, 02:24