Bugun
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
+15°
небольшая облачность ветер 2 м/с, С
ENRU

AQSHda o‘likxonada tirilgan go‘dak bilan bog‘liq voqea muhokama qilinmoqda

Dunyo
10
AQSHda o‘likxonada tirilgan go‘dak bilan bog‘liq voqea muhokama qilinmoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘n sakkiz oylik go‘dak bilan bog‘liq kishini hayratga soladigan voqea sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlab shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan chaqaloq shifoxona o‘likxonasida tirik ekani ma’lum bo‘ldi. Ushbu g‘ayritabiiy holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, Arizona shtatining Gilbert shahridagi xonadonlardan birida oila a’zolari dam olish uchun to‘planishgan edi. Ular hovlidagi suv havzasida bolani yuzi bilan suvga qaragan holda topishgan va zudlik bilan qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishgan.

Voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar go‘dakka birinchi yordam ko‘rsatib, uni shifoxonaga yetkazishgan. Biroq tibbiyot muassasasida shifokor Aryan Tusi qariyb bir soatlik urinishlardan so‘ng bolaning vafot etganini rasman tasdiqlagan.

Qiziqarli jihati shundaki, voqea joyida bo‘lgan politsiya xodimlari shifokorga bolada hayot alomatlarini ko‘rayotganliklarini aytib, e’tiroz bildirishgan. Ammo shifokor o‘z bilimiga ishonishini aytib, ularning gaplariga quloq solmagan.

Oradan besh soat o‘tgach, sud-tibbiy ekspertiza xodimi o‘likxonaga kelganida, go‘dakning hali ham nafas olayotganini payqab qolgan. Shundan so‘ng bola zudlik bilan boshqa shifoxonaga ko‘chirilgan va uzoq muolajalardan so‘ng sog‘ayib, uyiga qaytgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Politsiya xodimlari bolaning ota-onasiga nisbatan ehtiyotsizlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni taklif qilmoqda.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, o‘sha kuni xonadonda kattalar nazorati susaygan va bu bolaning suv havzasiga yolg‘iz yaqinlashishiga sabab bo‘lgan. Prokuratura ota-onaga nisbatan yakuniy ayblov xulosasini tayyorlamoqda.

Ushbu hodisa ota-onalarni farzandlar xavfsizligiga yanada mas’uliyatli bo‘lishga chorlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoBugun, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoBugun, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoBugun, 10:13
Germaniyada sun'iy intellekt arizalari sud tizimini og'irlatmoqda
Germaniyada sun'iy intellekt arizalari sud tizimini og'irlatmoqda
Germaniyada sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan sud arizalari hajmi keskin oshib, adliya tizimi uchun katta muammo yaratmoqda. Murojaatchilar ChatGPT kabi
DunyoKecha, 23:16
Saida Mirziyoyeva Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan uchradi
Saida Mirziyoyeva Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan uchradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi uchrashuvda Turkmanistonning G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi
DunyoKecha, 19:06