ENRU

Argentinada instruktor parvoz vaqtida samolyotdan sakrab ketdi

Dunyo
12
Argentinada instruktor parvoz vaqtida samolyotdan sakrab ketdi
Argentinada o‘quv parvozi vaqtida yuz bergan kutilmagan va mudhish voqea butun mamlakat jamoatchiligini hayratga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tajribali parvoz o‘qituvchisi mashg‘ulotning qizg‘in pallasida samolyotni tark etgan, uning yosh shogirdi esa osmonda bir o‘zi qolib, havo kemasini mustaqil ravishda yerga qo‘ndirishga majbur bo‘lgan. Mahalliy prokuratura organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa Argentinaning Toledo shahri osmonida sodir bo‘lgan.

O‘sha kuni o‘quv samolyotida parvoz darsini o‘tayotgan instruktor Leandro Andres Bertatsso kutilmaganda 22 yoshli talabasi Rozarioga qarata nima qilish kerakligini bilishini aytib, unga davom etishni buyurgan va o‘zi samolyotdan sakrab ketgan. Xususiy uchuvchilik litsenziyasiga ega bo‘lgan talaba og‘ir vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, zudlik bilan Kordovadagi parvoz maktabi dispetcherlari bilan aloqaga chiqqan.

Mutaxassislar unga radioaloqa orqali zarur ko‘rsatmalarni berib turishgan. Talaba kuchli ruhiy bosim ostida bo‘lishiga qaramay, samolyotni aerodromga xavfsiz qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.

Parvoz maktabi rahbariyati talabaning harakatlarini yuqori baholab, uning bosiqlik va professionallik bilan ish tutganini alohida ta’kidladi. Afsuski, qidiruv ishlari natijasida instruktorning jasadi Kordova viloyatidagi qishloq hududlaridan birida topilgan.

Rasmiy idoralar uning vafot etganini tasdiqladi va hodisa yuzasidan keng qamrovli tergov harakatlarini boshladi. Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, marhum instruktor so‘nggi vaqtlarda ruhiy salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli muolajalar olib kelgan.

Biroq bu holatdan uning yaqin qarindoshlaridan boshqa hech kim, jumladan, ish joyidagilar ham xabardor bo‘lmagan. Hamkasblari va shogirdlari uning xatti-harakatlarida hech qanday shubhali holatni sezmaganliklarini bildirishgan.

Mutaxassislar samolyot eshigini parvoz vaqtida ochish texnik jihatdan juda qiyin ekanini, bu yuqori tezlikda ketayotgan mashina eshigini ochish bilan barobar ekanini qayd etishmoqda. Shunga qaramay, havo kemasiga jiddiy zarar yetmagan.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan ushbu uchuvchining nima sababdan bunday qarorga kelganini va voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganishda davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoBugun, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoBugun, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoBugun, 14:40
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSH Mehnat statistikasi byurosi 2025–2035 yillarga mo'ljallangan hisobotda muhandislik sohasidagi ish o'rinlari sonining 8 foizga ko'payishini kutilganini e'lon qildi.
DunyoBugun, 13:24
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Xalqaro geosiyosiy maydonda hozirgi vaqtda keskinlashish ko‘rilmagan darajada davom etmoqda. Financial Times (FT) nashri tomonidan e’lon qilingan tahlilga ko‘ra,
DunyoBugun, 11:50
Netanyaxu Eron harbiy zarbasi taklifini rad etdi
Netanyaxu Eron harbiy zarbasi taklifini rad etdi
Isroil siyosiy sahnasida va Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlik masalalar eng yuqori nuqtaga yetdi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu, Eronning yadroviy dasturi haqida
DunyoBugun, 11:09