ENRU

Tojikistonning Sug‘d viloyatida kuchli sel ko‘prik va yo‘llarni vayron qildi

Dunyo
26
Tojikistonning Sug‘d viloyatida kuchli sel ko‘prik va yo‘llarni vayron qildi
Tojikistonning Sugd viloyati Ayniy tumanida joylashgan Darg qishlogida 11-iyul kuni kuchli sel kelishi bilan bogliq tabiiy ofat yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Toglardan katta tezlikda oqib tushgan loy va tosh aralashmasidan iborat ulkan sel oqimi qisqa vaqt ichida hududdagi bir qancha infratuzilma obyektlariga jiddiy zarar yetkazdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda sel oqimining naqadar kuchli ekani, u yo‘llar va ko‘priklarni vayron qilib, aholi punktlariga tomon shiddat bilan harakatlanayotgani aks etgan.

Mahalliy aholi tomonidan tasvirga olingan ushbu kadrlar hodisaning kuchi va talafotlar ko‘lamini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Tabiiy ofat aks etgan videolar internet foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va kishilarda katta xavotir uyg‘otdi.

Sel oqimi nafaqat transport qatnovini qiyinlashtirgan, balki qishloq xo‘jaligi yerlari va aholi tomorqalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 13-iyul holatiga ko‘ra, Tojikistonning mas’ul davlat idoralari va Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi tomonidan hodisa oqibatida insonlar orasida qurbonlar yoki jarohatlanganlar bor-yo‘qligi to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, yetkazilgan moddiy zarar miqdori ham hozircha aniqlanmoqda. Mutaxassislar voqea joyida o‘rganish ishlarini olib borib, sel keltirgan oqibatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu hodisadan bir necha kun avval Tojikiston meteorologiya xizmati mamlakatning tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo haroratining o‘zgarishi hamda kutilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar sababli sel kelish xavfi yuqori ekanidan aholini ogohlantirgan edi. Mutaxassislar tog‘li hududlarda yashovchi aholini va sayyohlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga hamda xavfli hududlardan uzoqroq turishga chaqirib kelmoqda.

Hozirda hududda vaziyat nazoratga olingan bo‘lib, tiklash ishlari rejalashtirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40