ENRU

AQSHda o'zbekistonliklar mustaqillik bayramini Manhettenda nishonladi

Dunyo
50
AQSHda o'zbekistonliklar mustaqillik bayramini Manhettenda nishonladi
AQSHda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar Nyu-Yorkning qoq markazi — Manhettenda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining navbatdagi yilligini katta tantana bilan nishonladi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Dunyo moliya markazi hisoblangan Uoll-strit va mashhur «Bouling Grin» xiyoboni yaqinida O‘zbekiston davlat bayrog‘i qad rostladi. Tadbirga AQSHdagi o‘zbek diasporasi vakillari, diplomatlar, faol yoshlar hamda ko‘plab xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston davlat madhiyasi sadolari ostida bayrog‘imiz yuqoriga ko‘tarildi. Madaniy dastur va namoyishlar Tadbir davomida milliy liboslardagi raqqosalar milliy raqslarimizni ijro etib, Nyu-York aholisi va sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, o‘zbek milliy madaniyati, betakror adras va zarbof liboslar hamda milliy hunarmandchilik buyumlari namoyish etildi. Bu voqea xorijda yashayotgan vatandoshlarimizning o‘zaro jipsligi, milliy o‘zlikni asrash va ona Vatanga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatini yana bir bor namoyon etdi.

Nyu-Yorkning osmono‘par binolari orasida hilpiragan bayrog‘imiz butun dunyoga o‘zbek madaniyati va mustaqilligining ulug‘vorligini ko‘rsatdi.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSH Mehnat statistikasi byurosi 2025–2035 yillarga mo'ljallangan hisobotda muhandislik sohasidagi ish o'rinlari sonining 8 foizga ko'payishini kutilganini e'lon qildi.
DunyoKecha, 13:24
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Xalqaro geosiyosiy maydonda hozirgi vaqtda keskinlashish ko‘rilmagan darajada davom etmoqda. Financial Times (FT) nashri tomonidan e’lon qilingan tahlilga ko‘ra,
DunyoKecha, 11:50