Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+11°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Paramount Skydance Warner Bros. Discovery bitimi yakunlandi — 111 milliard dollar qiymatda

Dunyo
31
Paramount Skydance Warner Bros. Discovery bitimi yakunlandi — 111 milliard dollar qiymatda
Gollivudda bir davrni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ulkan bitim amalga oshdi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Paramount Skydance Warner Bros. Discovery'ni sotib olish jarayonini yakunladi va natijada dunyodagi eng yirik media va ko‘ngilochar kompaniyalardan biri — Skydance paydo bo‘ldi.

Bitimning umumiy qiymati qarz majburiyatlari bilan birga qariyb 111 milliard dollarni tashkil etdi. Bu oddiy kompaniyalar qo‘shilishi emas.

Endi «Garri Potter», «Uzuklar hukmdori», «Taxtlar o‘yini», DC qahramonlari, «Missiya: Mumkin emas», «Matritsa», «Barbi», «Supermen», «Betmen» va boshqa ko‘plab mashhur loyihalar bir korporativ tuzilma ostida jamlandi. Bitimning tarkibi va qiymati Paramount Skydance Warner Bros.

Discovery aksiyadorlariga har bir aksiya uchun 31 dollardan to‘lash shartlari asosida bitimni yakunladi. Warner Bros.

Discovery'ning mustaqil kompaniya sifatidagi birja savdolari to‘xtatildi. Yangi Skydance kompaniyasining aksiyalari esa Nyu-York fond birjasida SKYD tikeri bilan savdoga chiqdi.

Bitimning Warner Bros. Discovery uchun xarid qiymati qariyb 81 milliard dollar bo‘lgan, qarzlarni ham hisobga olganda esa umumiy qiymat 111 milliard dollarga yaqinlashadi.

Kontent portfeli va platformalar Birlashuvdan keyin Skydance ulkan kontent portfeliga ega bo‘ldi. Uning tarkibiga: «Garri Potter»; «Uzuklar hukmdori»; «Taxtlar o‘yini»; DC va uning mashhur qahramonlari; «Missiya: Mumkin emas»; «Matritsa»; «Barbi»; «Supermen»; «Betmen»; «Star Trek»; «Top Gan»; shuningdek, ko‘plab televizion va kino loyihalari kiradi.

Kompaniyaning qo‘liga faqat filmlar emas, balki yirik striming platformalari ham o‘tdi. Endi Paramount+ va HBO Max ham bir korporativ tizim tarkibida.

Bundan tashqari, CNN, CBS News, CBS Sports, TNT Sports va ko‘plab televizion kanallar ham yangi mediakonglomeratga kirdi. Rahbariyat va kelajak rejalari Yangi kompaniyani Devid Ellison boshqaradi.

U Skydance'ning raisi va bosh ijrochi direktori bo‘ladi, Ynon Kreiz esa hamrais ijrochi direktor sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning rasmiy rejalariga ko‘ra, Skydance yiliga kamida 30 ta yuqori sifatli kinofilm va 180 dan ortiq televizion shou hamda serial ishlab chiqarishni ko‘zlamoqda.

Shuningdek, uch yil ichida kamida 6 milliard dollarlik sinergiya va xarajat tejamkorligiga erishish maqsad qilingan. Bu esa yangi kompaniyani Netflix, Disney, Amazon va boshqa yirik raqiblarga qarshi yanada kuchli o‘yinchiga aylantirishi mumkin.

Moliyaviy yuklilik Ulkan mediakompaniyaning paydo bo‘lishi bilan birga katta moliyaviy majburiyatlar ham yuzaga keldi. AP ma’lumotiga ko‘ra, yangi kompaniyaning sof qarzi taxminan 80 milliard dollar atrofida bo‘ladi.

Shu sababli Skydance oldingi asosiy vazifalardan biri — ulkan biznesni birlashtirish bilan birga qarzdorlikni kamaytirish va moliyaviy istiqbollilikni ta’minlashdir. Bu bitim Gollivud media sohasidagi eng katta tuzilishlardan biri bo‘lib, dunyo media bozorini yangilash imkoniyatini beradi.

Natijada, kontent egalligi, striming quvvatlari va xarajat tejamkorligi birlasib, yangi industriya standartlarini belgilash imkoniyati tug’iladi. Bu holat, foydaluvchi va investorlar uchun ham muhim natijalar berishi mumkin.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026