Bugun
Istanbulda dori dozasini oshirib yuborgan qizaloq vafot etdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Daniyada o'qituvchilarga tartibbuzar o'quvchilarni sinfdan chiqarish vakolati beriladi

Dunyo
4
Daniyada o'qituvchilarga tartibbuzar o'quvchilarni sinfdan chiqarish vakolati beriladi
Daniyada 2027-yilning avgust oyidan boshlab maktab o‘qituvchilariga dars jarayoniga xalaqit berayotgan yoki tartibni buzayotgan o‘quvchilarni sinf xonasidan majburiy tartibda chiqarib yuborish vakolati beriladi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, pedagoglar zarur hollarda o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish huquqiga ham ega bo‘ladilar. Ushbu chora-tadbirlar ta’lim muassasalarida intizomni mustahkamlash, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun xavfsiz muhit yaratish maqsadida joriy etilmoqda.

Daniya Ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur hujjatda jismoniy kuch ishlatish kundalik chora emas, balki faqat boshqa usullar foyda bermagan o‘ta zarur vaziyatlardagina qo‘llanilishi belgilangan. Har bir shunday holatdan so‘ng maktab ma’muriyati o‘quvchining ota-onasini va mahalliy munitsipal kengashni rasman xabardor qilishi shart.

Bu o‘qituvchilarning o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmasliklarini nazorat qilish imkonini beradi. Maktablardagi zo‘ravonlik holatlari tahlili Vazirlik tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlar mamlakatdagi ta’lim maskanlarida vaziyat ancha murakkab ekanini ko‘rsatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda Daniya maktablaridagi sinflarning yarmidan ko‘pida, ya’ni 55 foizida kamida bir marta jismoniy to‘qnashuv yoki zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lib, 75 foizni tashkil etgan.

Yuqori sinflarda esa bunday holatlar nisbatan kamroq kuzatilgan. Tadqiqot natijalari yana bir muhim jihatni ochiqladi: aksariyat hollarda sinfdagi umumiy muhitning buzilishiga atigi bir yoki ikki nafar o‘quvchining tajovuzkor xatti-harakatlari sabab bo‘lmoqda.

Shu bois, yangi tartib butun sinfning dars o‘zlashtirishiga xalaqit berayotgan shaxslarga nisbatan aniq choralar ko‘rishni ko‘zda tutadi. Vakolatlar va mas’uliyat chegarasi Yangi qonun o‘qituvchilarga og‘ir vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish va sinfdagi tartibni tiklash uchun huquqiy asos yaratadi.

Biroq mutaxassislar jismoniy aralashuv faqat so‘nggi chora bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda. Har qanday jismoniy ta’sir yuzaga kelgan xavfga mutanosib bo‘lishi va o‘quvchining sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi shart deb belgilangan.

Ushbu islohot Daniya ta’lim tizimida o‘qituvchining nufuzini oshirish va maktablarni bezorilikdan xoli hududga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, hukumat o‘quvchilarning ruhiy holatini yaxshilash va bunday keskin choralarga ehtiyoj qolmasligi uchun qo‘shimcha ijtimoiy dasturlarni ham amalga oshirishni rejalashtirgan.

O‘xshash yangiliklar

Istanbulda dori dozasini oshirib yuborgan qizaloq vafot etdi
Istanbulda dori dozasini oshirib yuborgan qizaloq vafot etdi
Turkiyaning Istanbul shahrida uch yoshli qizaloq isitma tushiruvchi siropni belgilangan miqdordan ortiq iste’mol qilishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Mahalliy
DunyoBugun, 17:15
Rossiya kompaniyasi yuzdan ortiq inson jasadini muzlatilgan holda saqlamoqda
Rossiya kompaniyasi yuzdan ortiq inson jasadini muzlatilgan holda saqlamoqda
Rossiyaning KrioRus kompaniyasi kelajakda ilm-fan taraqqiyoti natijasida qayta tiriltirish umidida 109 nafar insonning tanasi yoki miyasini o‘ta past haroratda
DunyoBugun, 16:21
Netanyaxu muxolifat g'alabasi Falastin davlati tuzilishiga yo'l ochishidan ogohlantirdi
Netanyaxu muxolifat g'alabasi Falastin davlati tuzilishiga yo'l ochishidan ogohlantirdi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatda kutilayotgan parlament saylovlari oldidan saylovchilarga murojaat qilib, muxolifatning g‘alabasi mustaqil Falastin davlati tuzilishiga yo‘l ochishi
DunyoBugun, 15:40
Ozarbayjonda hijobli o‘qituvchi va o‘quvchilar darsni ko‘chada o‘tdi
Ozarbayjonda hijobli o‘qituvchi va o‘quvchilar darsni ko‘chada o‘tdi
Ozarbayjonda maktab binosiga hijobda kelgan o‘qituvchi va bir necha o‘quvchi ta’lim muassasasiga kiritilmagani sababli dars mashg‘ulotlarini ko‘chada, yo‘lak ustida o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Bu
DunyoBugun, 15:21
AQSH senatori Tramp-Putin dizel kelishuvini bekor qilishni talab qildi
AQSH senatori Tramp-Putin dizel kelishuvini bekor qilishni talab qildi
AQSH siyosiy sahnasida Donald Tramp va Vladimir Putin orasidagi dizel yonilg‘i kelishuvi ortidan jiddiy qarshilik to‘lqini boshlandi. Kongressning nufuzli 12 nafar
DunyoBugun, 09:22
Tramp AQSH razvedka ma’lumotlarini Ukrainaga yetkazishni tasdiqladi
Tramp AQSH razvedka ma’lumotlarini Ukrainaga yetkazishni tasdiqladi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urush, Vashingtonning Kiyevga ko‘rsatayotgan ko‘magi hamda Rossiya bilan ehtimoliy sulh muzokaralari atrofidagi muhim savollarga javob berdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 08:48