Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi

Dunyo
22
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Birinchi haykal Qadimgi Misrning mashhur hukmdori Ramzes II tasvirlangan ekani tasdiqlangan. Ikkinchi haykal ham shu fir’avnga tegishli bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Ahram Online va xalqaro nashrlar xabar berdi. Topilma Qohiradan taxminan 100 kilometr shimolda joylashgan.

Mahalliy aholi vakili o‘z yerida ishlayotganida yozuvlar tushirilgan tosh bo‘lagini ko‘rib qolgan va arxeologiya idoralariga xabar bergan. Mutaxassislar toshning qadimiyligini aniqlagach, hududda qutqaruv-qazish ishlari boshlangan.

Qazishmalar davomida haykallarning qoldiqlari va iyeroglif yozuvlari tushirilgan pushti granit bo‘lagi topilgan. Eng diqqatga sazovor topilmalardan biri — Ramzes II haykalining taxminan 1,6 metr balandlikdagi bosh qismi.

Unda fir’avn Yuqori va Quyi Misrni birlashtirishni ifodalovchi qo‘sh tojda tasvirlangan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, haykal to‘liq holatida, poydevori bilan birga, taxminan 8,5 metr balandlikda bo‘lgan.

Ikkinchi haykalning saqlanib qolgan qismi qariyb 2,4 metrni tashkil etadi. Uning ayrim qismlari, jumladan, oyoqlari va pastki qismi yo‘qolgan.

Shunga qaramay, haykalning yuz qismi yaxshi saqlangani qayd etilgan. Pushti granit bo‘lagidagi iyerogliflar Ramzes II ning qirollik unvonlarini o‘z ichiga oladi.

Bu yozuvlar topilmalarning fir’avn bilan bog‘liqligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etgan. Misr rasmiylari qadimiy toshni aniqlab, tegishli idoralarga xabar bergan mahalliy aholi vakilining harakatlarini yuqori baholagan.

Hozirda hududda qazish ishlari davom etmoqda. Arxeologlar yangi topilmalar orqali mazkur joyning qadimgi tarixdagi ahamiyatini yanada aniqlashga umid qilmoqda.

Behbeyt al-Hajar qadimgi Isida ibodatxonasi xarobalari bilan ham mashhur. Asosan ulkan granit bloklardan qurilgan ushbu majmua Misr tarixiining keyingi davrlarida muhim diniy markazlardan biri bo‘lgan.

Biroq yangi topilgan haykallarning ibodatxona bilan bevosita bog‘liqligi hozircha aniqlanmagan. Ramzes II Qadimgi Misrning XIX sulolasi vakili bo‘lib, miloddan avvalgi 1279–1213 yillarda hukmronlik qilgan.

U mamlakat tarixidagi eng mashhur fir’avnlardan biri sanaladi. Uning davrida ko‘plab ibodatxonalar, ulkan haykallar va me’moriy yodgorliklar barpo etilgan.

Ramzes II tarixda Ramzes Buyuk nomi bilan ham tanilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026