Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi

Dunyo
23
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan. Shu sababli u asosan mayda baliqlar va boshqa kichik suv jonivorlari bilan oziqlangan.

Bu haqda The Independent xabar berdi. Yangi turga Ctenosuchus tenuidens nomi berilgan.

Kashfiyot Buyuk Britaniyadagi Portsmut universiteti va Marokashning Hasan II universiteti tadqiqotchilari tomonidan amalga oshirilgan. Qadimgi sudralib yuruvchining qazilma qoldiqlari hozirgi Marokashning janubi-sharqiy qismidagi Atlas tog‘laridan topilgan.

Olimlar tishlarni mikroskop yordamida o‘rganib, ularda bir-biriga yaqin joylashgan maxsus qirralarni aniqlagan. Bu tuzilish hayvonning oziqlanish usuli o‘ziga xos bo‘lganini ko‘rsatadi.

Tadqiqotchilarning taxminiga ko‘ra, u mayda baliqlar, qisqichbaqasimonlar va boshqa suv organizmlari bilan oziqlangan. Uning jag‘ va tish tuzilishi yura davrida yashagan ayrim pterozavrlarnikiga ham o‘xshash bo‘lgan.

Bu hayvonlar suvdagi mayda organizmlarni ajratib olib oziqlangan bo‘lishi mumkin. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, tarixdan oldingi hayvonlarning turli guruhlari bir-biridan mustaqil ravishda o‘xshash oziqlanish usullariga moslashgan.

Topilma, shuningdek, qadimgi timsohlarning qarindoshlari ilgari o‘ylanganidan ko‘ra ko‘proq muhitlarda yashagani va turli oziqlanish usullariga ega bo‘lganini anglashga yordam beradi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026