Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Moldova Rossiya dronlari bilan urganishini qoraladi

Dunyo
41
Moldova Rossiya dronlari bilan urganishini qoraladi
Moldova hududiga 17 soatdan ortiq vaqt davomida Rossiyaga tegishli deb topilgan beshta dron quladi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Hodisalardan so‘ng mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Rossiyani qoraladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, dronlar 15 oktyabr kunidan 16 oktyabr kuniga o‘tar kechasi va 16 oktyabr kuni Moldova havo hududiga kirgan. Ularning barchasi mamlakatning asosan shimoliy va sharqiy hududlariga qulagan.

Hodisalar oqibatida bir kishi yengil tan jarohati olgan, shuningdek, moddiy zarar yetgan. Moldova Tashqi ishlar vazirligi mazkur hodisalar fuqarolar xavfsizligiga tahdid solishini ta’kidladi.

Vazirlik bayonotida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi mintaqaviy barqarorlikka ham bevosita ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi. Dronlar bilan bog‘liq hodisalar Rossiya elchisi Oleg Ozerovni izoh berish uchun chaqirishga ham sabab bo‘lgan.

Moldova hukumati avval ham mamlakat havo hududining buzilishi yuzasidan Rossiya tomonidan tushuntirish talab qilgan. Moldova Prezidenti Mayya Sandu Rossiya tashqi siyosatini mamlakat manfaatlariga zid deb hisoblaydi.

U ikki yildan ortiq vaqtdan beri Moldovada faoliyat yuritayotgan Rossiya elchisi Oleg Ozerovga diplomatik vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni topshirishga ruxsat bermagan. O‘z navbatida, Rossiya Moldova rahbariyatini Moskvaga nisbatan dushmanona siyosat yuritishda ayblab keladi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash uchun Mayya Sandu hukumati «rusofobiyaga asoslangan siyosat»dan voz kechishi kerak.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026