Nobel mukofoti sohibi Ajemo‘g‘lu: sun’iy intellekt kasblarni yo‘qotishi mumkin

Daron Ajemo‘g‘lu, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi, sun’iy intellektning shiddatli rivojlanishi hamda insoniyat tomonidan «o‘ta yuqori intellekt» (Superintelligence) yaratilishi borasidagi harakatlarning og‘ir oqibatlaridan ogohlantirdi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
U deganicha, agar ushbu texnologiyalarning rivojlanish yo‘nalishi tubdan o‘zgartirilmasa, yaqin 10 yil ichida an’anaviy mehnat bozori butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Ajemo‘g‘lu, sun’iy intellekt sanoatining maqsadi insonning barcha aqliy imkoniyatlaridan ustun turuvchi ong yaratish ekanini belgilab, undan kelajakda kasblarning yo‘qolishi, demokratiya institutlarining quvatlanishi va global iqtisodiy inqiroz xavfi ko‘rinadi.
Ushbu xavf bugun yoki ertaga sodir bo‘lmasligi hamda keyingi 10 yillikda insoniyat yuzma-yuz keladigan achchiq haqiqatga aylanishi mumkin deb ta’kidlanadi. Najot yo‘li: Texnologiyani insonga xizmat qildirish Ajemo‘g‘lu, global iqtisodiy inqiroz oldini olish uchun aniq yechimlarni taklif qiladi.
U deganicha, sun’iy intellektni insonni butunlay almashtirish emas, balki xodimlarning mehnat samaradorligini oshirish va ularga ko‘maklashish yo‘nalishiga burish kerak. Texnologik ishlanmalar millionlab odamlarni ishsiz qoldirishga emas, balki inson ehtiyojlari va yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qilishi shart.
Bu yondoshuv, texnologiyani inson manfaatlari ustuvorliga qarab yo‘naltirishni talab qiladi, shu bilan birga ijtimoiy adolat va iqtisodiy barakarni saqlashga yordam beradi. Ma’lumot o‘rnida: Daron Ajemo‘g‘lu kim?
Daron Ajemo‘g‘lu — turk-amerikalik taniqli iqtisodchi, dunyoning yetakchi oliygohi bo‘lmish Massachusets texnologiya instituti (MIT) professori. U Kanadadagi Ilg‘or tadqiqotlar instituti, Amerika San’at va fanlar akademiyasi, AQSH Milliy fanlar akademiyasi hamda Turkiya Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi hisoblanadi.
2024 yilda Daron Ajemo‘g‘lu Saymon Jonson va Jeyms Robinson bilan birgalikda «jamiyat institutlarining qanday shakllanishi va ularning farovonlikka ko‘rsatadigan ta’sirini tadqiq etgani uchun» iqtisodiyot bo‘yicha nufuzli Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ularning ochiq ogohlantirishi, kelajakda inson mehnati va sun’iy intellekt o‘rtasidagi muvozanatni saqlab qolishning bugun qabul qilinadigan global qarorlar bilan bevosita bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.
Bu, texnologiya rivojlanishining insondan foydalanishini, unga zarar yetkazishini emas, talab qiladi.





