«Krishtianu Ronaldu» 10 mln yevro sarmoya kiritdi, «Outeirinho» bilan sheriklikda yangi suv brendi yaratadi

Krishtianu Ronaldu Portugaliyaning yirik Outeirinho guruhi bilan sheriklikda yangi premium mineral suv brendi yaratish uchun 10 million yevro sarmoya kiritdi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Loyihaning umumiy boshlang'ich investitsiyasi 20 million yevro tashkil etib, tomonlar korxona ulushlarini teng 50 foizga bo'lishdi. Yangi brend konsepsiyasi va shisha dizayni Italiyaning mashhur dizayn studiyalariga topshirilgan.
Ishga tushirish va bozorga chiqish rejalari Zavodning qurilishi va mahsulotning sotuvga chiqarilishi 2027 yil oxiriga mo'ljallangan. Mahsulot dastlab Portugaliya ichki bozoriga, keyin esa jahon bozorlariga eksport qilinadi.
Outeirinho guruhi hozirgi kunda Portugaliya ichimlik suvi bozorining 45 foizini egallab turibdi. Yangi zavod hududda qo'shimcha ish o'rinlarini yaratish orqali iqtisodiyotga ham hissa qo'shishi kutilmoqda.
Ronaldu tajribasi va kelajakdagi maqsadlar Futbolchi suv biznesiga yangi emas. 2023 yil iyunida Madridda Ursu9 brendi ommaga taqdim etilgan edi.
Sog'lom turmush tarzini, sport va tabiiy suv iste'molini targ'ib qilish Ronaldu shaxsiy falsafasiga mos keladi. Yangi loyiha futbolchilikdan keyin ham yirik biznes sahnasida muvaffaqiyatli odimlashishni ta'minlashga qaratilgan.





