Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan

Xalqaro geosiyosiy maydonda hozirgi vaqtda keskinlashish ko‘rilmagan darajada davom etmoqda. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Financial Times (FT) nashri tomonidan e’lon qilingan tahlilga ko‘ra, bugungi kunda yer yuzidagi qurolli nizolar va harbiy qarama-qarshiliklar soni Ikkinchi jahon urushi tugaganidan buyon eng yuqori darajaga yetgan. Xalqaro inqirozlar guruhi (International Crisis Group) tahlilchilari ham dunyoning turli nuqtalarida to‘qnashuvlar bir nuqtada birlashib, yalpi global halokat — Uchinchi jahon urushiga aylanib ketish xavfi tobora reallashib borayotganini ogohlantirmoqda.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘ylab jami 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda. Ushbu mojarolardan birinchisi Yevropa frontida — Ukraina harakati keng ko‘lamli harbiy harakatlarni amalga oshirib, mintaqaviy emas balki global xavfsizlik arxitekturasini izdan chiqardi.
Ikkinchisi Yaqin Sharqda — AQSH va Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita to‘qnashuvlar butun mintaqani qamrab olish xavfini tug‘dirmoqda. Uchunchi Tayvan bo‘g‘ozida — Tayvan oroli atrofidagi harbiy keskinlik AQSH va Xitoy o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuv xavfini eng yuqori darajaga chiqarmoqda.
Turtinchi esa yangi geosiyosiy o‘q shakllandi — Moskva, Pekin, Tehron va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy-siyosiy yaqinlashuv G‘arb koalitsiyasiga qarshi yangi kuch markazini shakllantirib, global beqarorlikni yanada kuchaytirmoqda. Tahlilchilar dunyoning yangi urush girdobiga sho‘ng‘ishi yoki uning oldini olish yaqin kelajakda qabul qilinadigan ikkita strategik qarorga bevosita bog‘liq deb ta’kidlaydilar.
Birinchi savol: Rossiya NATO davlatiga hujum qiladimi? Bunday qadam alyansning 5-moddasini ishga tushirib, yadroviy kuchlarning ochiq to‘qnashuviga olib kelishi muqarrar.
Ikkinchi savol: Xitoy Tayvanni harbiy yo‘l bilan qaytarishga kirishadimi? AQSHning Tayvanga xavfsizlik kafolatlari tufayli bu holat Tinch okeani mintaqasidagi yirik dengiz va havo urushiga aylanadi.
Aynan ushbu ikkita muhim sinov insoniyatning kelgusi o‘n yilliklardagi xavfsizligi va tinchligi chegarasini belgilab berishi kutilmoqda. Bu savollarga javob berish, dunyo halqatining kelajakki barqarorligini aniqlashga yo‘naltirilgan eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi.





