ENRU

O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi

Dunyo
9
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan. O'zbekiston ro'yxatda 53-o'rinni egallab, Markaziy Osiyodagi davlatlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi.

Jahon miqyosidagi natijalar Reytingda birinchi o'rinni AQSH egallagan. Rossiya ikkinchi, Xitoy uchinchi pog'onadan joy olgan.

Hindiston to'rtinchi, Janubiy Koreya esa beshinchi o'rinda qayd etilgan. Kuchli o'nlikka, shuningdek, Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Italiya kirgan.

Global Firepower ma'lumotlariga ko'ra, davlatlarning PowerIndex ko'rsatkichlari quyidagicha: AQSH — 0,0741; Rossiya — 0,0791; Xitoy — 0,0919; Hindiston — 0,1346; Janubiy Koreya — 0,1642; Fransiya — 0,1798; Yaponiya — 0,1876; Buyuk Britaniya — 0,1881; Turkiya — 0,1975; Italiya — 0,2211. Markaziy Osiyoda O'zbekiston yetakchi Mintaqa davlatlari orasida O'zbekiston 53-o'rinni egallagan.

Qozog'iston 58-o'rinda, Turkmaniston 78-o'rinda, Tojikiston 100-o'rinda, Qirg'iziston esa 109-o'rinda qayd etilgan. Reytingning eng quyi pog'onalarida Markaziy Afrika Respublikasi 143-o'rinni, Beliz 144-o'rinni va Butan 145-o'rinni egallagan.

Reyting qanday tuziladi Global Firepower ma'lumotlariga ko'ra, reytingni hisoblashda 60 dan ortiq omil inobatga olinadi. Ular qatoriga harbiy xizmatchilar soni, qurol-yarog' va texnika miqdori, moliyaviy imkoniyatlar, logistika, tabiiy resurslar hamda mamlakatning geografik xususiyatlari kiradi.

2026 yilgi hisob-kitoblarda aholining internet bilan qamrab olinish darajasi ham yangi omil sifatida qo'shilgan. PowerIndex ko'rsatkichi qanchalik kichik bo'lsa, mamlakatning an'anaviy harbiy salohiyati shunchalik yuqori deb baholanadi.

Nazariy jihatdan eng yaxshi natija 0,0000 hisoblanadi, ammo loyiha izohiga ko'ra, amalda bunday ko'rsatkichga erishish mumkin emas. Reytingda harbiy texnika soni bilan birga davlatning moliyaviy va logistik imkoniyatlari ham hisobga olinadi.

Masalan, Global Firepower ma'lumotlarida AQSHning turli vazifalarga mo'ljallangan samolyot va vertolyotlari jami 13 032 ta, avianosetslari esa 11 ta deb ko'rsatilgan. Shu bilan birga, mazkur reyting mamlakatlarning harbiy salohiyatini taqqoslashga qaratilgan bo'lib, u har bir qurol yoki texnika birligi jangga tayyorligini hamda ehtimoliy urush natijasini to'liq aks ettirmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoBugun, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoBugun, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoBugun, 14:40
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSH Mehnat statistikasi byurosi 2025–2035 yillarga mo'ljallangan hisobotda muhandislik sohasidagi ish o'rinlari sonining 8 foizga ko'payishini kutilganini e'lon qildi.
DunyoBugun, 13:24
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Xalqaro geosiyosiy maydonda hozirgi vaqtda keskinlashish ko‘rilmagan darajada davom etmoqda. Financial Times (FT) nashri tomonidan e’lon qilingan tahlilga ko‘ra,
DunyoBugun, 11:50
Netanyaxu Eron harbiy zarbasi taklifini rad etdi
Netanyaxu Eron harbiy zarbasi taklifini rad etdi
Isroil siyosiy sahnasida va Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlik masalalar eng yuqori nuqtaga yetdi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu, Eronning yadroviy dasturi haqida
DunyoBugun, 11:09