Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda

Yaponiyada sovrinli avtomatlarda tarqatilgan 16 mingtagacha plastik o‘yinchoq to‘pponchaning haqiqiy o‘q-dorilarni otish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangach, Yaponiya Milliy politsiya agentligi (NPA) fuqorolarga jiddiy ogohlantirish yubordi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Idora mamlakatning turli hududlaridagi avtomatlarda minglab noqonuniy qurol sovrin sifatida taqdim etilayotganini xabar qildi va ushbu mahsulotlarni muomaladan qaytarib olish choralarini shoshilinch ravishda boshlagan. Xavfli mahsulot tavsifi Gap Xitoydan Yaponiyaga olib kirilgan «Real Gimmick Mini Revolver» nomli mahsulot haqida.
Tashqi ko‘rinishidan bezarar, yorqin rangli plastik o‘yinchoqqa o‘xshaydigan ushbu to‘pponchaning texnik xususiyatlari uni haqiqiy o‘qotar qurol sifatida ishlatish imkoniyatini ko‘rsatgan. To‘plamga sakkizta plastik o‘q ham kirgan.
Ular yordamida turli buyumlarga otish yoki odamlarni hazil tariqasida cho‘chitish mumkin edi. Biroq politsiya tekshiruvlari davomida mahsulot haqiqiy o‘q-dorilarni ham otishi mumkinligi aniqlandi.
Bu oddiy o‘yinchoq sifatida sotilayotgan narsaning jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini tasdiqladi. Aniqlangan 16 turdagi o‘yinchoqlar Yaponiya Milliy politsiya agentligi haqiqiy o‘qlarni otish qobiliyatiga ega bo‘lgan 16 turdagi o‘yinchoq to‘pponchalar ro‘yxatini e‘lon qildi.
Idora ushbu mahsulotlar insonga og‘ir, hatto o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan jarohat yetkazish xavfi borligidan ogohlantirdi. Ro‘yxatga kiritilgan barcha qurollar Xitoyda ishlab chiqarilgan.
Ularning ayrimlarida metalldan, boshqalarida esa yetarlicha qattiq plastikdan tayyorlangan zarb beruvchi mexanizmlar mavjud. Bu qismlar qurol ichida o‘q otishga imkon beradigan tarzda joylashtirilgan.
Shuningdek, ularning stvoli kichik kalibrli o‘qlarni sig‘dira oladigan darajada keng ekan. Qonun buzish va fuqorolarning vazifasi Mas’ul idora ta’kidlaganidek, bunday qurollarni saqlash Yaponiyaning qilichlar va o‘qotar qurollar nazorati to‘g‘risidagi qonunini buzish hisoblanadi.
Shu bois politsiya fuqarolarni qo‘lida shunday o‘yinchoqlar bo‘lsa, bu haqda yaqin atrofdagi politsiya bo‘limiga xabar berishga chaqirmoqda. Tarqatilish miqdori Ma’lumotlarga ko‘ra, «Real Gimmick Mini Revolver» o‘tgan yilning dekabr oyidan boshlab Xitoydan Yaponiyaga import qilib kelingan.
Uni mamlakatning 31 ta prefekturasida faoliyat yurituvchi 78 ta kompaniyaga yetkazib berishgan. Mahsulotning asosiy xaridorlari 12 yoshdan katta bolalar hisoblangan.
Biroq mutaxassislar ogohlantirib o‘tadiki, tashqi ko‘rinishidan oddiy plastik o‘yinchoq bo‘lib tuyulgan to‘pponcha haqiqiy qurol sifatida ishlatilsa, juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.





