Bugun
Markaziy Bank o‘lchovli oltin quymalarning yangi narxlarini e‘lon qildi
+20°
небольшая облачность ветер 2 м/с, З
ENRU

Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi

Dunyo
10
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi aholi orasida tarqalgan xurofot, sehr-jodu va firibgarlikka qarshi keng miqyosli kurash e'lon qildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Vazirlik rasmiy ma'lumotiga ko'ra, bunday noqonuniy faoliyat bilan shug'ullanuvchilar va ularga murojaat qiluvchi fuqarolar yagona maxsus ma'lumotlar bazasiga, ya'ni "qora ro'yxat"ga kiritiladi. Bu choralar huquq buzishlarni oldini olish va jamiyatni zararlardan himoya qilish maqsadida ko'rilmoqda.

Maxsus ro'yxatga kimlar kiritiladi Nazorat ostiga olinadigan shaxslar doirasi juda keng. Birinchi navbatda sehr-jodu, fol ochish va xalqni aldash orqali moddiy manfaat qidiruvchi folbin va sehrgarlar ro'yxatga tushadi.

Ikkinchisida, o'zini soxta diniy ulamo yoki "mulla" sifatida ko'rsatib, noqonuniy diniy xizmat ko'rsatuvchi ayrim shaxslar bor. Uchunchisida, fohishalik bilan shug'ullanuvchilar, ularning mijozlari va giyohvand moddalarni iste'mol qiluvchilar kabi axloqsizlik va giyohvandlikka aloqador shaxslar kuzatiladi.

Eng muhim nuqta shundaki, bu faoliyatlardan xizmat olgan oddiy fuqarolar ham tekshiruv ostida ro'yxatga olinadi. Doimiy nazorat va oqibatlari Ro'yxatga olingan barcha shaxslar huquq-tartibot organlarining doimiy nazoratida bo'ladi.

Tegishli davlat va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rasmiy so'rov yuborgan taqdirda, ushbu shaxslarning ma'lumotlari bazadan to'g'ridan-to'g'ri taqdim etiladi. Vazirlik ogohlantirib o'tkazdi ki, bu holat shaxslarning kelajakdagi ish faoliyati va ijtimoiy maqomiga sezilarli manfiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Fuqarolarga murojaat Tojikiston IIV barcha fuqarolarni hushyor bo'lishga va bunday toifadagi kimsalardan uzoq yurishga chaqirdi. Vazirlik rasmiy bayonotida quyidagicha aytilgan: "Farzandlaringiz oldida nomingizga dog' tushirmang." Fuqarolar ogohlantirildi ki, bunday shaxslarga murojaat qilish o'zlari bilmagan holda maxsus ro'yxatga tushib qolishlari va kelajakda oilaviy, ijtimoiy salbiy natijalarga uchrashlari xavfini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoyning Tibet avtonom mintaqasida 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo'lib, bu tabiiy ofat ko'plab inson hayotiga olgan va jiddiy talofatlar keltirgan. So'nggi
DunyoBugun, 12:40
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Serbiya poytaxti Belgrad ko‘chalari 22 oktyabr kuni 150 mingga yaqin fuqaroning ishtirokida katta namoyish maydoniga aylandi. Muxolifat va norozilik harakatlari
DunyoBugun, 11:35
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiyada sovrinli avtomatlarda tarqatilgan 16 mingtagacha plastik o‘yinchoq to‘pponchaning haqiqiy o‘q-dorilarni otish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangach, Yaponiya Milliy politsiya agentligi
DunyoBugun, 10:15
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46