Bugun
Jahon neft bozorida narxlar tarixiy rekordga yaqinlashmoqda
+15°
ясно ветер 3 м/с, С
ENRU

Jahon neft bozorida narxlar tarixiy rekordga yaqinlashmoqda

Dunyo
6
Jahon neft bozorida narxlar tarixiy rekordga yaqinlashmoqda
Jahon neft bozorida narxlar shiddat bilan ko‘tarilishda davom etmoqda. Bu haqda One.uz xabar beradi.

23 oktyabr kungi savdolarda etalon hisoblangan shimoliy dengiz nefti Brent narxi bir barrel uchun 113,7 dollargacha yetdi, kunlik savdolar davomida esa hatto 114 dollardan oshib ketdi. Garchi bu ko‘rsatkich bahordagi qisqa muddatli 118 dollarlik cho‘qqilardan biroz past bo‘lsa-da, bozordagi geosiyosiy vaziyatning kuchayishi sababli narxlar 2022 yilgi 122 dollarlik tarixiy rekordni yangilash sari dadil harakatlanmoqda.

Narx ko‘tarilishining asosiy sabablari Xalqaro ekspertlar neft narxining ko‘tarilishini ta’minotdagi jiddiy uzilishlar va xatarlar bilan izohlamoqda. Saudiya Arabistoni va yamanlik xusiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar keskinlashuvi ortidan dunyoning eng yirik neft eksportchisi sanalgan «Saudi Aramco» kompaniyasi Fors ko‘rfazi bo‘yidagi Dahron shahrida joylashgan bosh qarorgohidan xodimlarini favqulodda evakuatsiya qildi.

Liviyada esa Milliy neft korporatsiyasi Hamada va Tahara konlarini Zaviya porti bilan bog‘lovchi neft quvuri klapani yopilganini e’lon qildi. Bu esa ikkala konda qazib olish hajmining sezilarli qisqarishiga olib keldi.

UBS tahlilchisi Jovanni Staunovo ta’kidlashicha, logistika xatarlari va tankerlarni ijaraga olish stavkalarining haddan tashqari oshishi bozorda real taklif taqchilligini keltirib chiqardi. Yaqin Sharqdagi keng qamrovli eskalatsiya neft infratuzilmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf solib, investorlarni narxlarga katta xatar ustamasini qo‘shishga majbur qilmoqda.

Urals nefti 100 dollardan oshdi Global bozordagi narxlarning ko‘tarilishi Rossiya neftining narxiga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatdi. Rossiyaning Urals markali nefti bozorlarda bir barrel uchun 100 dollardan yuqori narxlarda sotilmoqda.

Reuters bahosiga ko‘ra, oktyabr oyida Urals bo‘yicha o‘rtacha narx ko‘rsatkichi Rossiya hukumatining dastlabki reja va kutilmalaridan 60 foizga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. XS.com tahlilchisi Lin Tran qayd etganidek, hozirda bozor ishtirokchilari asosiy e’tiborni mavjud uzilishlarning qancha davom etishiga qaratmoqda.

Agar infratuzilmani tiklash cho‘zilsa, neft narxi 122 dollarlik dovondan ham yuqorilab ketishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Ilon Mask Ukrainaga yordamlar bo'yicha keskin fikr bildirdi
Ilon Mask Ukrainaga yordamlar bo'yicha keskin fikr bildirdi
Amerikalik milliarder Ilon Mask Ukrainaga ajratilayotgan moliyaviy yordamlar haqida keskin fikr bildirdi. Tesla va SpaceX asoschisi o'zining X ijtimoiy tarmog'ida AQSH
DunyoBugun, 00:15
Tramp Eron bo'yicha harbiy rejalardan xabarsiz ekanligini aytdi
Tramp Eron bo'yicha harbiy rejalardan xabarsiz ekanligini aytdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp yaqin kunlar ichida Eron hududiga nisbatan harbiy zarbalar berilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi. Davlat
DunyoKecha, 23:57
Tramp Atlantika okeani nomini o'zgartirish taklifini rad etgan
Tramp Atlantika okeani nomini o'zgartirish taklifini rad etgan
AQSH prezidenti Donald Tramp Atlantika okeani nomini o'zgartirish taklifi bilan Google bosh direktori Sundar Pichai'ga murojaat qilganini aytdi. The Guardian nashriyoti
DunyoKecha, 19:33
Japarov fuqaro shikoyatiga javob berdi: «Men bittaman, sizlar 7,5 million»
Japarov fuqaro shikoyatiga javob berdi: «Men bittaman, sizlar 7,5 million»
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov shaxsiy qabuliga kira olmayotgan fuqaroning shikoyatiga ochiq va keskin javob berdi. Davlat rahbari mamlakat aholisi
DunyoKecha, 16:28
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoyning Tibet avtonom mintaqasida 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo'lib, bu tabiiy ofat ko'plab inson hayotiga olgan va jiddiy talofatlar keltirgan. So'nggi
DunyoKecha, 12:40
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi aholi orasida tarqalgan xurofot, sehr-jodu va firibgarlikka qarshi keng miqyosli kurash e'lon qildi. Vazirlik rasmiy ma'lumotiga
DunyoKecha, 12:33