Xitoy seleksionerlari 2,2 metr baland «Gigant sholi» navini yaratdi

Xitoyning Xunan viloyatidagi tajriba maydonlarida seleksionerlar tomonidan yaratilgan yangi gibrid sholi navining balandligi 2,2 metrgacha yetib, haqiqiy sensatsiya bo‘ldi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Bu ko‘rsatkich odatiy sholi sortlaridan ikki marta baland va o‘rtacha inson bo‘yidan ham yuqori ekanligi uchun diqqat tortdi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida hosil qilingan bu nav «Gigant sholi» deb atalmoqda va unda mustahkam ildiz tizimi va yotishga chidamli poya tarkibi yaratilgan.
Yangi navning afzalliklari Yangi sholi navigining poyasi haddan tashqari baland bo‘lishiga qaramasdan, shamol va og‘irlik ta’siri ostida yotib qolmaydi. Seleksionerlar poyaning ildiz va tana tizimini maxsus shaklda rivojlantirganligi uchun u barqaror turib qoladi.
Poyaning yirikligi har bir boshoqda odatdagidan sezilarli darajada ko‘p don yetilishiga va maydondan olinadigan umumiy hosil miqdorini kattalashtirishga xizmat qiladi. Oziq-ovqat xavfsizligi uchun ahamiyati Xitoy dunyo miqyosida agrotexnologiyalar va seleksiya sohasida yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi genetikasiga va yangi serhosil navlar yaratishga davlat miqyosida katta mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Yer maydonlari cheklangan va aholi soni o‘sib borayotgan sharoitda bunday kashfiyotlar kamroq yerdan bir necha marta ko‘p mahsulot olish imkonini beradi.
Suv yetishmovchiligi va iqlim o‘zgarishi xavfi ortib borayotgan bugungi kunda Xitoy olimlarining tajribalarini o‘rganish va mahalliy sharoitga moslashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.





