Diogu Jotaning bevasi Rute Karduzoning kitobida so'nggi xayrlashuv haqida so'zladi

Portugaliya milliy terma jamoasi va «Liverpul» klubining yulduzi Diogu Jota 2025 yil 3 iyul kuni Ispaniyada sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi natijasida 28 yoshida vafot etgan. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Avariyada futbolchini bilan birga uning tug'ishgan ukasi Andre Silvada ham halok bo'lgan. Bu fojia nafaqat Portugaliya va Angliya, balki butun jahon futboli ixlosmandlari uchun katta va og'ir yo'qotish bo'lib qoldi.
So'nggi xabarlar va javobsiz qolgan xavotir Oradan bir yildan keyin futbolchining bevasi Rute Kardozu Diogu Jotaning xotirasiga bag'ishlab nashr etilgan yangi kitobda halokat arafasida yuz bergan yurakni ezuvchi so'nggi xayrlashuv lahzalarini birinchi bor so'zlab berdi. Italiyaning derbyderbyderby.it nashri kitobdan iqtibos keltirib, juftlik shaxsan xayrlashganidan so'ng ham telefon orqali qisqa xabarlar almashishni davom ettirganligini yozdi.
Rute Kardozu eslaganicha, u javonga "oq yo'l" tilagan, lekin Diogu faqatgina bitta belgi bilan qisqa javob qaytardi. Shundan so'ng Rute yana yozib, yo'lda juda e'tiborli va ehtiyotkor bo'lishini tayinladi.
Afsuski, ana shu qisqa yozishmalar oilaning so'nggi muloqoti bo'lib qoldi va bir necha soat o'tib, aka-ukalar avtohalokat qurboniga aylandi. «Forever 20»: «Enfild»da aka-ukalar xotirasiga muhtasham yodgorlik Angliyaning «Liverpul» klubi jamoa g'alabalariga ulkan hissa qo'shgan va 20-raqam ostida to'p surgan portugaliyalik hujumchisini unutmagan.
Klub rahbariyati Diogu Jota hamda uning ukasi Andre Silvaning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida jamoaning uy arenasi — «Enfild» stadioni hududida maxsus yodgorlik barpo etish rejasini taqdim etdi. Ushbu haykal majmuasi «Forever 20» («Mangu 20») deb nomlanishi va mersisaydliklar muxlislari uchun jamoa afsonasiga hurmat bajo keltiradigan muqaddas qadamjoga aylanishi kutilmoqda.





