Tramp Atlantika okeanini qayta nomlash taklifini yo'lga qo'ydi Google rad etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp va Google korporatsiyasi bosh direktori Sundar Pichay o‘rtasida bo‘lgan telefon muloqoti jahon miqyosida qiziqish va muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Oq uy rahbari dunyodagi ikkinchi katta okean bo‘lgan Atlantika okeanini rasmiy ravishda «Tramp okeani» deb qayta nomlash taklifini yo‘lga qo‘ygan, ammo texnologik gigant rahbari bu g‘oyani qabul qilmadi. Pichayning rad etish asoslari Muzokara tafsilotlariga ko‘ra, Sundar Pichay geografik va xalqaro me’yorlarga murojaat qilib, Atlantika okeani nafaqat AQSH, balki o‘nlab mustaqil davlatlar va bir necha qit‘alar qirg‘oqlarini yuvib turuvchi xalqaro suv havzasi ekanligini eslatdi.
Shuning uchun Google bosh direktori prezident taklifini qo‘llab-quvvatlay olmasligini rasmiy bildirdi. Avvalgi o‘zgartirishlar tajribasi Google kompaniyasi bundan oldin Donald Trampning ba‘zi geografik obyektlar bo‘yicha talablarini qondirgan edi.
Masalan, Meksika qo‘lig‘i nomi prezident talabi asosida o‘zgartirilgan. Shuningdek, Shimoliy Amerikadagi Ontario ko‘li xaritalardagi nomlanishi ham o‘zgartirilgan edi.
Biroq, butun dunyo miqyosidagi yirik strategik suv havzasi bo‘lgan Atlantika okeanining qayta nomlanishi xalqaro huquq va kartografiya qoidalariga zid kelishi tufayli texnologiya giganti tomonidan rad etildi.





