Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 27 noyabr
+9°
bulutli shamol 2 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Kurskda 16 yoshli o‘smir maktabga bostirib kirdi

Dunyo
248
Kurskda 16 yoshli o‘smir maktabga bostirib kirdi

Rossiyaning Kursk shahrida qora niqob taqqan va bolg‘a bilan qurollangan 16 yoshli o‘smir maktabga bostirib kirdi. Kursk viloyati gubernatori Aleksandr Xinshteynning xabariga ko‘ra, maktab qo‘riqchisi o‘smirni to‘xtata olmagan.

“Hodisa vaqtida o‘smir maktab binosiga yugurib kirib, yo‘lakdagi bir oynani sindirgan. Ta’qiblarga qaramay, tashqariga chiqib, old eshikning oynasini ham bolg‘a bilan buzib tashlagan. Qochayotganda ikkita pichoq va yonuvchi suyuqlik solingan shishani tashlab ketgan. Butun voqea ikki daqiqadan ortiq davom etgan,” — deydi Xinshteyn.

O‘smir tez orada qo‘lga olingan. U mazkur maktab o‘quvchisi bo‘lmagan, biroq bu maktabda tahsil oluvchi qiz bilan shaxsiy munosabatlari bo‘lgani ma’lum qilingan.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026