Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 3 м/с, С
ENRU

Checheniston Ukrainaga minglab jangchilar yubordi

Dunyo
65
Checheniston Ukrainaga minglab jangchilar yubordi
So‘nggi yillarda Chechenistonning Ukrainadagi urushdagi ishtiroki sezilarli darajada oshmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Respublika rahbari Ramzan Qodirovning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar Chechenistondan 60 mingdan ortiq jangchi urush maydoniga yuborilgan. Ularning taxminan 22 ming nafari ko‘ngillilar hisoblanadi.

Hozirda front chizig‘ida Rossiya Mudofaa vazirligi, Rosgvardiya, “Axmat” maxsus bo‘linmalari va Checheniston Ichki ishlar vazirligi safida taxminan 13 ming yigit xizmat qilmoqda. 2024 yil may oyida Qodirov Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda urush boshlanganidan beri 55,5 mingdan ortiq chechen jangchisi safga jo‘natilganini ma’lum qilgan.

Biroq bu raqamga kazarma sharoitida bo‘lgan, ta’tilda yoki rotatsiyada bo‘lgan harbiylar kiritilmagan. Ayrim inson huquqlari faollari Chechenistonda kontrakt imzolashga majburlash holatlari kuzatilayotganini ta’kidlamoqda.

Checheniston urush uchun moddiy va texnik yordam ham ko‘rsatmoqda. Joriy yil boshida Ramzan Qodirov frontga Xitoyda ishlab chiqarilgan beshta Changan zirhli pikap yuborilganini bildirgan.

Avvalroq Rossiya qo‘shinlariga avtotransport, dronlar va harbiy anjomlar yetkazilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 2024 yil oktyabr oyida Qodirov “Rossiya uchun xalq fronti” harakatiga 100 ta maxsus “jihod mashinasi” taqdim etilishini e’lon qilgan.

Shuningdek, Checheniston rahbariyati urush uchun 78 ta UAZ “Patriot”, UAZ-452 va “Niva” avtomobillarini yuborgan. “Rossiya qahramoni Ahmad-Hoji Qodirov” nomli jamg‘arma urushdagi texnik ta’minot va moddiy yordam bilan faol shug‘ullanmoqda.

Urush davomida jamg‘arma orqali 2 515 dona maxsus avtotransport, 12 650 dona kvadrokopter (dron), 32 781 dona aloqa vositasi va 112 857 to‘liq harbiy jihoz xarid qilingan. Jamg‘arma urush uchun jami 40 milliard rubldan ortiq mablag‘ sarflagan, bu taxminan 500 million dollar miqdoriga teng.

Ushbu ma’lumotlar Chechenistonning Ukrainadagi urushga nafaqat jangchilar, balki logistika va moddiy jihatdan ham katta hissa qo‘shayotganini ko‘rsatadi. Yuborilayotgan texnika, dron va jihozlar frontdagi qo‘shinlarning imkoniyatlarini kengaytirib, Qodirov va uning jamoasi Moskva huzurida o‘zining o‘rinini mustahkamlashga harakat qilmoqda.

Kelajakda Chechenistonning urushdagi faol ishtiroki Rossiya–Ukraina mojaro jarayonida qanday o‘zgarishlarga olib kelishi tahlilchilarning diqqat markazida bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026