Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+13°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Texasda suv toshqini oqibatida 104 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
37
Texasda suv toshqini oqibatida 104 kishi halok bo‘ldi
Texas shtatida yuz bergan suv toshqini jiddiy fojia bilan yakunlandi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Kerr okrugida kuchli yomg‘ir va Gvadalupe daryosining toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 104 nafarga yetdi. So‘nggi kunlarda, ayniqsa 4 iyuldan keyin qurbonlarning soni keskin oshgani qayd etilmoqda.

Kerr okrugi eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud hisoblanadi. Bu yerda 84 kishi, jumladan 28 bola halok bo‘ldi.

Suv toshqini ta’siriga uchragan hududda hozirda taxminan 50 ming kishi istiqomat qilmoqda. Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Texas gubernatori Greg Ebbott ijtimoiy tarmoqlarda barcha zarur resurslar ishga solinganini, falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa Kerr okrugini rasmiy ravishda falokat hududi deb e’lon qildi.

Shu bilan birga, respublikachilar federal Milliy meteorologiya xizmatini tanqid qildi. Ularning ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati davrida bu xizmatning byudjeti qisqartirilgan va tabiiy ofat oldidan aniq prognozlar hamda ogohlantirishlar yetarli darajada berilmagan.

Ekspertlar fikricha, aholining ko‘payishi va infratuzilmaning yetishmasligi suv toshqini oqibatlarini yanada kuchaytirdi. Texasda tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan aholi uchun davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan yordam va qo‘shimcha resurslar ajratilishi kutilmoqda.

Hududdagi holat diqqat bilan nazorat qilinmoqda va falokat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026