Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Otbosar tumanida kuydirgi kasalligi sabab karantin joriy etildi

Dunyo
47
Otbosar tumanida kuydirgi kasalligi sabab karantin joriy etildi
Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatidagi Otbosar tumanida sanitar-epidemiologik vaziyat keskinlashdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Iyun oyining oxirida ushbu hududda kuydirgi kasalligi aniqlangan. Dastlab to‘rt nafar odamda infeksiya aniqlanib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi va ahvollari o‘rtacha og‘ir deb baholandi.

Vazirlik dastlab karantin joriy qilinmasligini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, 8 iyul kuni Otbosar tumanida rasmiy ravishda karantin choralariga kirishildi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aydarbek Saparovning ma’lumotiga ko‘ra, karantin aynan kuydirgi aniqlangan ikki qishloqda joriy etildi.

Bu hududlarga chorva va aholi kirishi qat’iyan taqiqlandi. Maxsus to‘siqlar o‘rnatilib, epidemiyaga qarshi otryadlar dezinfeksiya ishlarini boshladi.

Ilk ma’lumotlarda 19 nafar odamda infeksiya borligi qayd etilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda edi. Keyinchalik vazirlik bu ma’lumotni yangiladi: 19 kishidan namunalar olingan, ulardan yettitasida kuydirgi aniqlangan, qolganlarida esa infeksiya aniqlanmagan.

Vazirlikning bildirishicha, karantin choralari 15 kun davom etadi. Bu vaqt mobaynida hududda barcha zarur profilaktik choralar ko‘riladi va yangi sinov namunalar olinadi.

Agar infeksiya tarqalmagani aniqlansa, karantin bekor qilinadi. Kuydirgi — Bacillus anthracis bakteriyasi sabab yuqadigan xavfli yuqumli kasallikdir.

Asosan tuproqda yashovchi bakteriyalar hayvonlar orqali odamga o‘tadi. Infeksiya zararlangan hayvon yoki ularning mahsulotlari bilan aloqada bo‘lish, yaxshi pishirilmagan go‘sht iste’mol qilish orqali teri, oshqozon-ichak yoki o‘pka shaklida yuzaga kelishi mumkin.

Muhimi, kasallik odamdan odamga yuqmaydi. Mutasaddilar aholini ehtiyotkorlikka chaqirmoqda.

Go‘sht mahsulotlari faqat veterinariya nazoratidan o‘tgan do‘kon va bozorlardan xarid qilinishi lozim. Ushbu holatda qat’iy profilaktika va to‘g‘ri tashkiliy choralar kasallik tarqalishining oldini olishga yordam beradi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026